Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 1.04.05-20 “Koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlash qoidalari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 6.1-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-noyabrdagi hisobga olindi, hisob raqami 218]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 14-sonli “SHNQ 1.04.03-23 “Bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (hisob raqami 232, 07.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga asosan buyuraman:
1. SHNQ 1.04.05-20 “Koʻp xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, oʻzgartirish va qayta uskunalash boʻyicha binolar xavfsizligini taʼminlash qoidalari” shaharsozlik normalari va qoidalarning 6.1-bandi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“balkonlarda (lodjiyalarda) yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni oʻrnatish, shuningdek ulardagi asosiy yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarga shikast yetkazish;”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda oʻn beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-oktabr,
342-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2023-yil 25-sentabr
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 4-oktabr