Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”)
(“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-oktabr,
3576-IV-son