Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1068-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1068-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3640-IV-son