Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1066-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1066-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3636-IV-son