Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1064-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1060-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
4. “Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1061-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Maʼmuriy sudlarga shikoyat qilish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar kiritish haqida”) (ikkinchi oʻqish).
5. QL-1060 va QL-1061-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida.
6. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida.
7. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1065-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
8. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1066-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
9. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1067-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
10. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Tehron, 2023-yil 18-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1068-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
11. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi oʻrtasida jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xanoy, 2022-yil 14-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1069-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
12. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda Internet va aloqa qamrovini oshirish uchun sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1071-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
13. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi QL-1072-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3627-IV-son