Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 3-oktabrda kiritilgan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalarini soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1063-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-oktabr,
3558-IV-son