04.10.2023 yildagi 3553-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2023-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanishga, shuningdek mamlakatimizda raqamlashtirish yoʻnalishidagi islohotlarni davom ettirish hamda axborot siyosatini yuritishning muhim masalalari yuzasidan qonunchilikni takomillashtirishga eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita 5 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlib, ularning 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan hamda maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish hamda maromiga yetkazish maqsadida ishchi guruhning 20 ta hamda Qoʻmita huzuridagi ekspert guruhining 5 ta yigʻilishi oʻtkazilgan. Qonun loyihalarini takomillashtirish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganishda innovatsiyalar, axborot sohasi, raqamli texnologiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa instituti vakillaridan iborat boʻlgan ekspert guruhi imkoniyatlaridan samarali foydalanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarining ijrosi va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish hamda davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish boʻyicha Qoʻmita tomonidan 11 ta parlament nazorati tadbirlari oʻtkazilgan. Ulardan 6 tasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 5 tasi qonun hujjatlarining ijrosi holatini oʻrganishga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga qator muhim taklif va tavsiyalar taqdim etilgan. Xususan, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini takomillashtirish, hududlarning raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash ishlarini davom ettirish, aholi uchun raqamli xizmatlardan foydalanishning sodda usullaridan foydalanish maqsadida yoʻriqnomalar ishlab chiqish va ularni keng targʻib qilish shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi holati yuzasidan oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbiri doirasida “Litsenziya” axborot tizimida barcha turdagi litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilishga doir xizmatlarni toʻliq ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda davlat organlari tomonidan yangi turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega maʼmuriy tartib-taomillarni joriy etish holatlarining oldini olishning huquqiy asoslarini mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ilm-fan va taʼlim yoʻnalishida joriy etilayotgan innovatsiyalarning holatini oʻrganish maqsadida Qoʻmita hamda Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Ilm-fan va innovatsiyalar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida rejalashtirilgan raqamlashtirish ishlarining bajarilishi va bundan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, qabul qilinayotgan qonunlarning hamda davlat va jamiyat hayotida sodir boʻlayotgan muhim voqealarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Qoʻmita tomonidan 6 ta davra suhbati, 8 ta seminar, 2 ta konferensiya va 2 ta matbuot anjumani tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning quyi tuzilmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan seminarga 500 nafarga yaqin ishtirokchi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni boxabar qilish maqsadida tashkil etilgan konferensiyada deputatlar, vakolatli davlat organlarining vakillari hamda sohada faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari ishtirok etgan. Konferensiya doirasida elektron tijorat sohasida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, sohada oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlarga qulayliklar yaratish yuzasidan takliflar ilgari surilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorligida oʻtkazilgan “Mustaqillik — axborot va soʻz erkinligining kafolati” mavzusidagi davra suhbatida Oʻzbekistonda axborot va soʻz erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish va ommaviy axborot vositalari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga hisobot davrida jami 152 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda Qoʻmita aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgan. Taʼkidlash joizki, keyingi paytda fuqarolar tomonidan yoʻllanilayotgan murojaatlarda qonun hujjatlari normalarini takomillashtirishga doir takliflar salmogʻi ortib bormoqda. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflar alohida oʻrganilgan va taklif mualliflariga Qoʻmitaning minnatdorchilik xatlari yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, qabul qilinayotgan sohaga oid qonun hujjatlarining, davlat va jamiyat hayotida sodir boʻlayotgan muhim voqealarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan televideniye orqali 142 marotaba, radio orqali 23 marotaba, gazeta, jurnallarda 96 marotaba va Internet nashrlarida 137 marotaba hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2023-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari yuzasidan qoʻmita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolarini jalb qilgan holda muhokamalarni tashkil etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmonining Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlari ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3553-IV-son