Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”)
(“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 19-sentabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-oktabr,
3620-IV-son