Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
QARORI
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda Internet va aloqa qamrovini oshirish uchun sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1071-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 12-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda Internet va aloqa qamrovini oshirish uchun sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1071-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
3644-IV-son