Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1067-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1067-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 12-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida ushlab berish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1067-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-oktabr,
3610-IV-son