15.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3477
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3477]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TAShKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 19-mh-son buyrugʻiga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etishning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Namunaviy tartib shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori va (yoki) operatorining shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi tuzilmaviy boʻlinmasi (bundan buyon matnda boʻlinma deb yuritiladi) yoki vakolatli shaxsi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy tartibda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar — muayyan jismoniy shaxsga taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar subyekti (subyekt) — shaxsga doir maʼlumotlar oʻziga taalluqli boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi — tarkibida shaxsga doir maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimi tarzidagi maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish — shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish boʻyicha bir harakatni yoki harakatlar majmuini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining operatori (operator) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasining mulkdori (mulkdor) — shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, jismoniy va (yoki) yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — mulkdor va (yoki) operator tomonidan tayinlangan, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlovchi masʼul shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlinma — mulkdor va (yoki) operator tomonidan tayinlangan, shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishini hamda ularning himoya qilinishini taʼminlash uchun tashkil etiladigan ikki va undan ortiq masʼul shaxslardan iborat boʻlinma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi — shaxsga doir maʼlumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asos mavjud boʻlmagani holda shaxsga doir maʼlumotlarni oshkor etish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha rioya etilishi majburiy boʻlgan talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni bloklash (cheklash) — shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni vaqtincha toʻxtatish (shaxsga doir maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun ishlov berish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Boʻlinma yoki vakolatli shaxs faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilishi va ularning himoya qilinishini taʼminlash uchun vazifalar hajmi, maʼlumotlar bazalarining soni hamda ularning avtomatlashtirilganlik darajasidan kelib chiqib, mulkdor va (yoki) operator tomonidan boʻlinma tashkil etiladi yoki vakolatli shaxs tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻlinma yoki vakolatli shaxs faqat mulkdor va (yoki) operatorning qonuniy topshiriqlarini bajaradi hamda bevosita mulkdor va (yoki) operator rahbari oldida javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boʻlinma yoki vakolatli shaxs oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, shaxsga doir maʼlumotlar sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari, ushbu Namunaviy tartib talablariga hamda mulkdor va (yoki) operator tomonidan tasdiqlangan ichki tartib qoidalarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boʻlinma rahbari va xodimlari yoki vakolatli shaxs boshqa ishga oʻtkazilganda (boʻlinma tugatilganda) yoki ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ularning maʼlumotlar bazasiga kirish huquqi mulkdor va (yoki) operator tomonidan oxirgi ish kunidan kechiktirmasdan bekor qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Boʻlinma yoki vakolatli shaxsning vazifalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar boʻlinma yoki vakolatli shaxsning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularning himoya qilinishini, yaxlitligini va but saqlanishini hamda maxfiyligiga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldini olish, qonunchilikda belgilangan talablar buzilganligi aniqlangan hollarda mulkdor va (yoki) operator bilan kelishgan holda shaxsga doir maʼlumotlarni bloklash (cheklash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlar bazasi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot xavfsizligi siyosatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlovchi xodimlar uchun seminar-treninglar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning shaxsga doir maʼlumotlar bazasi xavfsizligini taʼminlashda ularga tahdid soladigan sabablarni oʻrganish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinma yoki vakolatli shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. Bunda, mulkdor va (yoki) operator boʻlinma yoki vakolatli shaxs tomonidan bajariladigan har qanday vazifalarning manfaatlar toʻqnashuviga olib kelmasligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boʻlinma yoki vakolatli shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar mulkdor va (yoki) operatorning ruxsati bilan shaxsga doir maʼlumotlar bazalari ishini vaqtincha toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash jarayonida kelib chiqadigan har qanday muammo va (yoki) tushunmovchiliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligidan tegishli tavsiyalarni olish uchun ushbu Agentlikka murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun mulkdor va (yoki) operatorda mavjud shaxsga doir maʼlumotlar bazasiga cheklovlarsiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlari haqida mulkdor va (yoki) operatordan maʼlumot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinma yoki vakolatli shaxs qonunchilik hujjatlari va (yoki) mulkdor yoki operator tomonidan tasdiqlangan ichki tartib qoidalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boʻlinma yoki vakolatli shaxsning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor va (yoki) operatorning xodimlari tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasi va mazkur bazada ishlovchi xodimlarning faoliyatini davriy tekshiruvlardan oʻtkazish va shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish holati va amaliyotini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni saqlash muddati tugaganida yoki ularni yigʻish va ularga ishlov berish maqsadiga erishilgandan soʻng shaxsga doir maʼlumotlarning yoʻq qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida ishlash huquqi berilgan xodimlar roʻyxatini shakllantirish, shaxsga doir maʼlumotlar bazalaridan foydalangan mulkdor va (yoki) operator xodimining logini, foydalanish vaqti, resurs nomi va boshqa maʼlumotlar aks ettirilgan elektron qaydlarni yuritish va tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarga ruxsatsiz kirish natijasida oʻzgartirilgan yoki yoʻq qilingan shaxsga doir maʼlumotlarni qayta tiklash imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarni saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, bloklash (cheklash), ruxsatsiz foydalanishga urinishlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruratga koʻra, shaxsga doir maʼlumotlar saqlanadigan server qurilmalaridagi elektron (raqamli) maʼlumotlarni boshqa hududda nusxasining (replikatsiya) real vaqt rejimida saqlanishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyati davomida va undan keyingi davrda shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinma yoki vakolatli shaxs qonunchilik hujjatlari va (yoki) mulkdor yoki operator tomonidan tasdiqlangan ichki tartib qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Namunaviy tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 10/23/3477/0860-son)