1-ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
| I. Tuman va shaharlarni bayramga tayyorlash, targʻibot-tashviqot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarning mazmunini oʻzida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar, qisqa videoroliklar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tayyorlash. Konstitutsiya kuni munosabati bilan Konstitutsiya ramzini (bayroq, gerb elementiga ega) va ushbu ramz tushirilgan mahsulotlarni (flayer, stiker, bayroqcha, koʻkrak belgisi, sharf, kepka, bloknot, ruchka, sumka va b.) tayyorlash va aholiga tarqatish. | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid targʻibot-tashviqot vositalarini (banner, video roliklar) quyidagilarda joylashtirish: 1) viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda; 2) jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va ulardagi monitorlarda; 3) jamoat joylarida (bozorlar, savdo doʻkonlari, gipermarket va boshqa savdo shoxobchalari, bekatlar, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.). | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, OʻzMTRK, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi |
| | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 7-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
| | Tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi”ni tashkil etish, unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish; bolalar va yoshlarga Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi koʻrgazmali materiallar burchagini tashkil etish; “Konstitutsiya koʻchasi”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar, kuiz va chellenjlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash. | 2023-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz |
| II. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar | |||
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarning mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, OʻMMA, OʻzA, AOKA, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, viktorina, maqola va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya ramzini joylashtirish. | 2023-yil noyabr-dekabr | AOKA, OʻzMTRK, OʻMMA, OʻzA, Adliya vazirligi |
| | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, OʻzMTRK, OʻzA, OʻMMA, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
| | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2023-yil 7-8-dekabr | OʻzMTRK, OʻMMA, AOKA, Adliya vazirligi |
| | Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida (gazeta va jurnallarda): 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, OʻMMA, OʻzA, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, AOKA, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, IIV, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
| | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2023-yil 7-8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sp�rt vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, AOKA, Adliya vazirligi |
| | Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish. | 2023-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, AOKA |
| | “Constitution.uz” veb-saytini uning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib beruvchi turli maʼlumotlar bilan toʻldirgan holda muntazam yangilab borish. | 2023-yil noyabr-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi |
| | #-Meningkonstitutsiyam, #-Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2023-yil 1 — 10-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, AOKA |
| III. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar | |||
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-yil 7-dekabr | Toshkent shahri hokimligi, Madaniyat vazirligi |
| | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida (Yakkasaroy tumanidagi Konstitutsiya koʻchasida) Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
| | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi, shuningdek, “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida respublika “Zakovat” intellektual turnirini tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | “Zakovat” intellektual klubi NNT, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiya |
| | Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash. | 2023-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, IIV, DXX |
| | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga budjetdan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar doirasida 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etish. | 2023-yil dekabr | AOKA, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati (kelishuv asosida) |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “Oʻzarxiv” agentligi |
| | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
| | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash. | 2023-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
| IV. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida davlat tashkilotlarida va siyosiy partiyalarda tashkil etiladigan tadbirlar | |||
| | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida, mahallalarda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| | Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, TDYU |
| | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
| | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
| | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilish. | 2023-yil 5-dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
| | “Konstitutsiya haftaligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2023-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| | Davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil qilish (flayerlar tayyorlash va ularni tashrif buyurgan fuqarolarga bepul tarqatish). | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Adliya vazirligi |
| | Siyosiy partiyalar tomonidan oʻz dasturining ustuvor yoʻnalishlariga mos boʻlgan Konstitutsiyaning tegishli normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlarni tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida) |
| | Ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2023-yil 7-dekabr | IIV, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| V. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida taʼlim tashkilotlari va ilmiy jamoalarda oʻtkaziladigan tadbirlar | |||
| | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TDYU |
| | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, OʻzMTRK, OʻMMA |
| | Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
| | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
| | Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
| | Taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan yoshlar konferensiyasini oʻtkazish. | 2023-yil 5-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Barcha oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
| | Ilmiy jamoatchilikni keng jalb qilgan holda Konstitutsiya va uning normalarini amalga oshirishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | 2023-yil 6-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, DBA, TDYU, JIDU |
| | Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish, jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2023-yil 1 — 8-dekabr | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi (kelishuv asosida) |
2-ILOVA
| 1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
| 2. | R.Q. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| 3. | X.M. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
| 4. | Q.Q. Quronboyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari |
| 5. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri |
| 6. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi v.b., Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| 7. | A.J. Toshqulov | — | adliya vaziri |
| 8. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
| 9. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
| 10. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
| 11. | A.H. Qoʻldoshev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
| 12. | R.M. Joʻrayev | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
| 13. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
| 14. | A.Sh. Inoyatov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
| 15. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
| 16. | A.I. Ikramov | — | yoshlar siyosati va sport vaziri |
| 17. | B.A. Musayev | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
| 18. | A.A. Xodjayev | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
| 19. | R.J. Qurbonov | — | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
| 20. | F.F. Abduholiqov | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori |
| 21. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
| 22. | A.J. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| 23. | A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| 24. | M.M. Hojimatov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
| 25. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |