Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek, davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va kanalizatsiya, suv xoʻjaligi, yoʻl-transport infratuzilmasi, aloqa va telekommunikatsiya, agrologistika, sanitariya jihatdan tozalash, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish loyihalari) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani, shuningdek, ularni olib kirishni 2028-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmondan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 16-noyabr,
PF-195-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 06/23/195/0855-son; 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)