1-ILOVA
| T/r | Strategik islohotlar agentligi bilan faol hamkorlik qiladigan tashkilotlar | Hamkorlik yoʻnalishlari |
| 1. | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | 1. Strategik islohotlar agentligining yetarli salohiyatga ega boʻlgan ilmiy tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilish tizimini yoʻlga qoʻyish 2. Tadqiqot va ilmiy ishlarning natijalarini muntazam ravishda Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilish 3. Ilmiy tashkilotlar tomonidan dolzarb loyihalar va ishlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻshma reja-topshiriqni amalga oshirish |
| 2. | Adliya vazirligi | 1. Strategik islohotlar agentligi tomonidan kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tezlashtirilgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish 2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, davlat boshqaruvining samaradorligini tahlil va monitoring qilish natijalarini muntazam ravishda Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilish 3. Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari bilan uchrashuvlar va dolzarb masalalar boʻyicha muhokamalar tashkil qilish 4. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va davlat dasturlarining ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotni har chorakda Strategik islohotlar agentligiga kiritib borish |
| 3. | Statistika agentligi | 1. Tegishli masalalar boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va taqdim qilish 2. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Strategik islohotlar agentligining statistik maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash |
| 4. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | 1. Dolzarb masalalarni tahlil va tadqiq qilishning texnologiyalari va usullarini takomillashtirish. Institutning ushbu yoʻnalishdagi tajribasini oʻrganish 2. Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlardagi dolzarb masalalarni tadqiq qilish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish |
| 5. | “Yuksalish” umummilliy harakati | 1. Davlat dasturlarida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish masalalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma va aniq takliflarni har oyda Strategik islohotlar agentligiga kiritib borish 2. Jamoatchilik, biznes hamjamiyati va boshqa institutlar bilan uchrashuvlar hamda dolzarb masalalar muhokamalarini tashkil qilish 3. Aholining barcha qatlamlarini qamrab olgan holda yoʻnalish va masalalarni ularning ommabopligini taʼminlash uchun aniqlash, kelgusida dolzarb loyihalar boʻyicha umummilliy harakatlarni amalga oshirish |
| 6. | “Taraqqiyot strategiyasi” markazi | 1. Nodavlat notijorat tashkilotlar bilan dolzarb masalalar boʻyicha uchrashuvlar va hamda muhokamalar tashkil qilish 2. “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish monitoringi natijalarini har oyda Strategik islohotlar agentligiga kiritib borish |
| 7. | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi | 1. Tegishli masalalar boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalarini muntazam ravishda Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilish 2. Oʻtkazilgan jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalarini amaliyotga tatbiq qilish |
| 8. | “Vatandoshlar” jamoat fondi | 1. Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan dolzarb masalalar boʻyicha uchrashuvlar (shu jumladan, masofadan turib) va muhokamalar tashkil qilish 2. Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning toʻliq roʻyxatini ularning kontakt maʼlumotlari, egallab turgan lavozimi va boshqa zarur maʼlumotni koʻrsatgan holda Strategik islohotlar agentligiga muntazam ravishda kiritib borish |
2-ILOVA
| 1. | Sh.M. Mirziyoyev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Kengash raisi |
| 2. | S. Chakrabarti | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi |
| 3. | R.A. Gulyamov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
| 4. | M.P. Olloyorov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori |
| 5. | B.M. Mavlonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari |
| 6. | O.K. Abduraxmanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari |
| 7. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri |
| 8. | J.A. Xodjayev | — | Bosh vazir oʻrinbosari |
| 9. | A.D. Toshkulov | — | adliya vaziri |
| 10. | D.R. Li | — | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori |
| 11. | E.T. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori |
| 12. | B.M. Bekmurodov | — | “Yuksalish” umummilliy harakati raisi |
| 13. | E.M. Tulyakov | — | “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori |
| 14. | N.X. Raximova | — | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
| 15. | O.B. Sattarov | — | “Vatandoshlar” jamoat fondi ijrochi direktori |
| 16. | Lavozimiga koʻra | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining direktori, Kengash masʼul kotibi |
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Kengash |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor oʻrinbosari 2 |
Xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan hamkorlik qilish guruhi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilgʻor xorijiy tajriba va reytinglarni oʻrganish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 4 |
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilish guruhi 4 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro va xorijiy tashkilot va institutlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Loyiha boshqaruvi guruhlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||