Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʻlchamini oshirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 28-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2023-yil 28-oktabrda maʼqullangan
Keyingi yillarda chorvachilik tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish hisobidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi dehqon xoʻjaligi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining qonunchilikda belgilangan oʻlchamini qayta koʻrib chiqish va oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mamlakatning ayrim hududlarida chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng koʻp oʻlchamini 1 gektardan 5 gektarga oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Ushbu Qonun mamlakatning ayrim hududlarida chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga va mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarishning barqaror oʻsishini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar) 461-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi 1 va 11-bandlar bilan almashtirilsin:
“1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun (bundan ushbu moddaning 11-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno) — 0,06 gektardan 1 gektargacha;
11) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda — 0,06 gektardan 5 gektargacha”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-680-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 286-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda) 8-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qismdagi “ikkinchi qismida” degan soʻzlar “ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʻlgan oʻlchamda yer uchastkalari beriladi”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 9-noyabr,
OʻRQ-876-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 03/23/876/0839-son)