06.11.2023 yildagi 589-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini elektron koʻrinishga oʻtkazish vazifasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga bevosita yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan arizalarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolarini taklif qilish boʻyicha QR-kod bilan himoyalangan taklifnomalarni rasmiylashtirish va ariza beruvchiga taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-noyabrdagi 589-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun murojaat etish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza beruvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun oʻz xohishiga koʻra doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan vakolatli organga oʻzi kelib yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning 1 dona 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi rasmi, chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan birga taklif etilayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar)ning chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi (agar birga kelayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi taklif qilinayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs bilan qarindosh boʻlsa, u holda qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (hujjatlar nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda soʻrovnomaga tegishli maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, boj summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli organga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan davlat boji summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchining soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq emasligi yoki ularda xato maʼlumotlar aniqlansa, ushbu hujjatlar ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishining aniq sabablari koʻrsatilgan elektron shakldagi xabarnoma ariza beruvchiga ikki ish kun ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soʻrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi rad etish uchun sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng vakolatli organga besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda qayta murojaat etilganda, undan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi besh ish kuni muddati oʻtgandan keyin takroran murojaat etgan taqdirda, soʻrovnoma yangidan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, yigʻim summasi oʻrnatilgan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi tekshirilgandan soʻng soʻrovnoma elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ yetti ish kuni ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida elektron tizim orqali fikrini bildiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ tomonidan oʻrganib chiqish natijalariga koʻra ijobiy deb topilgan talabnoma bir ish kuni davomida ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda uni ariza beruvchiga taqdim etiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Ariza beruvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki uning hududiy boʻlinmalarga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)

Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Ariza beruvchi

(Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan (bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi) davlat bojini toʻlaydi.

Murojaat qilinganda

3-bosqich

Vakolatli organ

(Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari)

1. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi (Avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida).

2.1. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanmasa — soʻrovnomani maxsus vakolatli organga xulosa olish uchun yuboradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).

2.2. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda — soʻrovnomani ariza beruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytaradi.

Ikki ish kunida

4-bosqich

Maxsus vakolatli organ

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrini bildiradi (idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali).

Yetti ish kunida

5-bosqich

Vakolatli organ

(Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari)

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnomani rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim qiladi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Bir ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. JSHSHIR

2. F.I.O.

3. Tugʻilgan sanasi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi

6. Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi

7. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi

8. Seriyasi va raqami

9. Berilgan sanasi

10. Kim tomonidan berilgan

11. Telefon raqami

II. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Fuqaroligi

4. Jinsi

5. Tugʻilgan joyi toʻgʻrisida maʼlumot

6. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi

7. Seriyasi va raqami

8. Amal qilish muddati

9. Fotosurati

Yuklanganda jpeg formatida,

297x382 piksel 300 kb oshmagan hajmda

10. Chet el fuqarosining xorijga chiqish milliy pasporti yoki xorijiy davlatda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish va harakatlanish hujjati nusxasi

Yuklanganda jpeg formatida,

600 kb oshmagan hajmda

11. Tanishlik darajasi

12. Mehnat faoliyati hamda lavozimi haqidagi maʼlumotlar

III. Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilinayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan birga kelayotgan voyaga yetmagan shaxs(lar) haqidagi maʼlumotlar:

1. F.I.O.

2. Tugʻilgan sanasi

3. Jinsi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш



‎TAKLIFNOMA‎

‎QR-kod
‎(matrik shtrixli kod) ‎

ID-raqami:‎
1. Taklif qilayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi‎
1.1. Manzili‎
2. Taklif qilinayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi‎
2.1. Fuqaroligi‎
2.2. Qaysi davlatdan taklif etilmoqda‎
2.3. Voyaga yetmagan farzandlari‎
3. Taklifnoma berilgan sana‎
4. Taklifnomaning amal qilish muddati‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2023-y., 09/23/589/0834-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)