Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida transformatsiya jarayonini jadallashtirish maqsadida:
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-oktabr,
PF-174-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PF-174-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-ilovada:
1 va 2-pozitsiyalarning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustunidagi “v” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
10-pozitsiya chiqarib tashlansin.
2. 4-ilovadan “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” bloki chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 06/23/174/0813-son)