26.10.2023 yildagi 4-1804-2301-1201-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Toʻraqulov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya H. Tursunov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasida raislik qiluvchi H. Tursunov, hayʼat aʼzolari sudyalar D. Raximov va N. Xoʻjaqulovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi B. Xolmonovning kotibligida, Qashqadaryo viloyat prokurori katta yordamchisi D. Qoʻchqarova, daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi vakillari M.S, S.B (ishonchnoma asosida), javobgar “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Q.K (shaxsiy maʼlumotnoma asosida), vakillari J.B, Y.O, S.N (ishonchnoma asosida)lar ishtirokida Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qaroriga nisbatan Koson tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan apellatsiya protesti boʻyicha ishni sud binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi javobgar “K” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali MTK va IXV boshligʻi X.T tomonidan yili, vaqti koʻrsatilmagan holda tuzilgan hamda “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali KUK ish yurituvchisi Z.H, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali boshligʻi S.N tomonidan tasdiqlangan “EDC” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi va “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan parmaxona brigada aʼzolari va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishchi muhandis- texnik xodimlar oʻrtasida tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 12-apreldagi ajrimi bilan daʼvogarning daʼvo predmetini oʻzgartirish haqidagi arizasi ish yuritishga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qaroriga nisbatan Koson tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestda sud hujjatini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 11-iyuldagi qaroriga asosan apellatsiya protesti qisman qanoatlantirilib, Koson tumanlarararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qarori bekor qilingan hamda ish yangidan koʻrish uchun shu instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 22-sentabrdagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasining kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilib, Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 11-iyuldagi qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan apellatsiya instansiya sudida koʻrish uchun Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar oʻrganilganligiga huquqiy baho berish, filial tomonidan haqiqiy emas deb topish soʻralgan hujjat qanday hujjat ekanligiga qonuniy baho berish, bu orqali tegishli sud qarorlarini qabul qilish hamda sud xarajatlarini taqsimlash masalasini hal etish lozimligi haqida koʻrsatma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi vakili protestda keltirilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida asossiz xulosaga kelinganligini, bitimda ishtirok etgan shaxslar jalb etilmaganligini, ushbu holat esa sud hujjatini bekor qilinishiga asos boʻlishini maʼlum qilib, protestni qanoatlantirishni va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakillari protestga nisbatan eʼtirozlarini bildirib, sud tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelinganligini, sababi bitim tuzilishi oqibatida davlat manfaatiga ziyon yetkazilganligini, bitim qonunchilik talablariga zid ravishda tuzilganligini, bitimda ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi koʻrsatilmaganligini, bitimni tuzishda yuqori tashkilot aʼzolarining roziligi olinmaganligini bayon qilib, protestni qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari ham protestda keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, sud tomonidan bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelinganligini, bitim shakli va mazmuni amaldagi qonun hujjatlariga mos kelmasligini bayon etib, protestni qanoatlantirishni rad etishni va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya protestida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga oʻrganib chiqib, muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra protestni qisman qanoatlantirishni hamda hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasida aniqlangan holatlarga koʻra, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali MTKvaIXV boshligʻi X.T tomonidan yili, oyi va kuni koʻrsatilmagan holda tuzilgan hamda “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali KUK ish yurituvchisi Z.H, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali boshligʻi S.N tomonidan tasdiqlangan “EDC” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy xorxonasi va “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan parmaxona brigada aʼzolari va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishchi muhandis-texnik xodimlar oʻrtasida bitim tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitimda “EDC” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi va “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati Gʻuzor filiali bilan oʻzaro tuzilgan ijara shartnomasiga asosan ishlarni oʻz vaqtida bajarish, ijara shartnomasida ajratilgan mablagʻni ish haqi qilib brigada aʼzolariga amaldagi tarif setka boʻyicha bir soat uchun belgilangan soʻmni oʻrtacha oy soati jamlanmasi nisbatiga sakkiz barobar yigʻindisi miqdorida hamda ishchi guruh aʼzolari va parmaxonalarga qoʻshimcha xizmat qilayotgan ishchi muhandis-texnik xodimlarning ishlarni oʻz vaqtida sifatli bajarilishiga hissalarini hisobga olib eng kam ish haqi miqdorida kelib chiqib belgilash nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan oʻrganib chiqib, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelingan hamda protsessual huquq normalari buzilgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, bitimning 6-bandida ushbu bitim taraflari boʻlib ish beruvchi, kasaba uyushma qoʻmitasi, brigada aʼzolari va ishchi muhandis-texnik xodimlar hisoblanishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shaxslar ishtirokida tuzilgan bitim “KNGQE MChJ” Gʻuzor filiali ish yurituvchisi Z.H bilan kelishilib, “KNGQE MChJ” Gʻuzor filiali boshligʻi S.N tomonidan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda birinchi instansiya sudi tomonidan bitim ishtirokchilarining huquq va manfaatiga taʼsir qiladigan hal qiluv qarori qabul qilinib, protsessual xatolikka yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (keyinchalik matnda IPK deb yuritiladi) 48-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, daʼvogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 66-moddasiga koʻra ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 74-moddasiga muvofiq sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai-nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa yetarliligi nuqtai-nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 278-moddasi birinchi qismi 5-bandida apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi hamda moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati protestni qisman qanoatlantirishni hamda hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda moddiy va protsessual qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllagan holda ish uchun muhim holatlarni aniqlashi, ishga bitim ishtirokchilarini jalb etishi, ishni koʻrish natijalari boʻyicha sud xarajatlarini taqsimlash masalasini hal etishi hamda qonuniy va asosli qaror qabul qilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya protestini qisman qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrish uchun shu sudga yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 48, 66, 68, 74, 118, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koson tuman prokuraturasining protesti qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 12-apreldagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan koʻrish uchun Koson tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koson tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 18-maydagi ijro varaqalari bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarordan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest keltirishi) berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi H. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari D. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. XOʻJAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1804-2301/1201-son