19.10.2023 yildagi 4-1402-2301/1010-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — J. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — U. EShQOBILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogar “RK” MChJ vakili R.S (2023-yil 5-yanvardagi ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogarlar “KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning javobgar V.R “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori va Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 8-avgustdagi qarori ustidan daʼvogarlar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar MChJ deb yuritiladi), R.I.N (bundan buyon matnda daʼvogar I.R deb yuritiladi) va R.F.M (bundan buyon matnda daʼvogar F.R deb yuritiladi)lar “KP” MChJ (bundan buyon matnda javobgar MChJ deb ham yuritiladi) va V.R (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarni “KP” MChJning taʼsischilari safidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 8-avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sud qarorlaridan norozi boʻlib, daʼvogarlar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, ularni bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda birinchi instansiya sudi daʼvo talablarini rad qilishga javobgar R.V jamiyat taʼsischisi sifatida oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi muayyan dalillar asosida isbotlab berilmaganligini asos qilib keltirganligi, ushbu asoslar ish holatlariga mos kelmasligi, qonunchilik hujjatlari taʼsis hujjatlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanishi talab qilishi sababli jamiyat uning taʼsis hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazib bilmaganligi, javobgarning yoʻqligi sababli jamiyatning ustav fondidagi ulushlarni qayta taqsimlash bilan bogʻliq taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish imkoni boʻlmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar I.R va F.R sudga ariza taqdim etishib, ishni vakil ishtirokisiz koʻrib chiqishni soʻrashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarlar sud muhokamasi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlsa-da, uning vakili sud majlisiga kelmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, ishni daʼvogarlar I.R, F.R va javobgarlar vakillari ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar MChJ vakili kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni takrorlab, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq oʻrganilmaganligini bildirib, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, daʼvogar vakilining tushuntirishlarini tinglab, kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga asosan kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, “KP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustaviga 2015-yil 24-martda kiritilgan oʻzgartirishga muvofiq, uning ustav fondi 46 316 600 soʻmni tashkil etib, ishtirokchilarning ulushi quyidagicha, yaʼni “RK” MChJ 28 468 000 soʻm — 61,46 foiz, R.I.N 10 184 900 soʻm — 21,99 foiz, R.F.M 6 463 600 soʻm — 13,96 foiz, V.R 18 700 soʻm — 0,04 foiz va 28 ta jismoniy shaxs 1 181 400 soʻm — 2,55 foiz bilan taqsimlangan. Ustavga kiritilgan mazkur oʻzgartirishlar 2015-yil 7-aprelda Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil fevral oyida 28 ta jismoniy shaxslarning ulushlari oldi-sotdi shartnomalariga asosan MChJ ishtirokchisi I.R tomonidan sotib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, MChJ taʼsischilarining 2023-yil 28-fevraldagi 1-sonli va 2023-yil 29-martdagi 2-sonli umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ taʼsischilari “RK” MChJ 28 468 000 soʻm 61,46 foiz, R.I.N 11 366 300 soʻm 24,54 foiz, R.F.M 6 463 600 soʻm 13,96 foiz, V.R. 18 700 soʻm 0,04 foiz tarkibda shakllantirilgan va taʼsis hujjatlarini yangi tahrirda davlat roʻyxatidan oʻtkazish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon shahar Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazining 2023-yil 12-apreldagi 1/1-3/18-sonli javob xati bilan taʼsis hujjatlari barcha ishtirokchilar imzolamaganligi sababli MChJni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan va MChJ taʼsischilar tarkibidagi taʼsischining hissasi boʻyicha tegishli tartibda meros ishi ochilishi yoki taʼsischilar tarkibidan chiqarish boʻyicha sudga murojaat qilish tushuntirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, MChJ taʼsischilarining 2023-yil 16-maydagi umumiy yigʻilish qarori bilan R.Vni MChJ taʼsischilar safidan chiqarish uchun sudga daʼvo arizasi berish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, daʼvogarlar tomonidan javobgarni MChJ taʼsischilari safidan chiqarish haqida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 8-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jamiyat Ustavining 16.2-bandida jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishiga haqlidirlar deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon shahar, Qoʻshxovuz MFY xodimlari va jamiyat vakili ishtirokida 2023-yil aprel oyida (sanasi koʻrsatilmagan) tuzilgan dalolatnomaga koʻra, V.R va uning oilasi 2011-yildan buyon Kattaqoʻrgʻon shahri, Navoiy koʻchasi, 209/4-uyda yashamasligi, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketganligi va manzili noaniqligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining taʼsischi V.R. Rossiya davlatiga ketganligi yoxud vafot etganligi uni jamiyat taʼsischilar safidan chiqarish uchun asos boʻlmasligi haqidagi xulosasi bilan kelishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 40-bandiga koʻra, taʼsis hujjatlari barcha ishtirokchilar tomonidan imzolanmaganda, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar oʻzining yashash joyi yoki u bilan bogʻlanish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar haqida jamiyatni xabardor qilmaslikka qaratilgan harakatsizliklari bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishini jiddiy tarzda qiyinlashtirgan. Yaʼni, jamiyatning 2023-yil 28-fevral va 2023-yil 29-mart kunlari boʻlib oʻtgan umumiy yigʻilishlarida javobgar ishtirokini taʼminlash imkoni boʻlmagan. Natijada javobgar tomonidan umumiy yigʻilish bayonnomalari imzolanmagan. Shu sababli, Kattaqoʻrgʻon shahar adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisida sudlar ishtirokchini jamiyatdan chiqarish toifasidagi ishlarni koʻrishda javobgar oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlashlari lozimligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish, apellatsiya instansiyasi sudi esa hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga koʻra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 2-bandida kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormasdan, yangi qaror qabul qilishga haqliligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 118-moddasining sakkizinchi qismiga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuviga koʻra, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi uchun daʼvogar tomonidan toʻlangan sud xarajatlari uning roziligi asosida uning zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning kassatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori va Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 8-avgustdagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning V.Rni “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V.R “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xarajatlari “RK” MChJ zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1402-2301/1010-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(xulosa qismi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogar “RK” MChJ vakili R.S (2023-yil 5-yanvardagi ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogarlar “KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning javobgar V.R. “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori va Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 8-avgustdagi qarori ustidan daʼvogarlar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qoʻllab, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning kassatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kattaqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 22-iyundagi hal qiluv qarori va Samarqand viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 8-avgustdagi qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KP” MChJning taʼsischilari “RK” MChJ, R.I.N, R.F.Mning V.Rni “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V.R. “KP” MChJning taʼsischilar safidan chiqarilsin.