18.10.2023 yildagi 4-2202-2301/918-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — B. Hayitboyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — I. Teshayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati I. Teshayev raisligida, hayʼat aʼzolari M. Kurbanov va M. Bobonazarovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi R. Umarovning kotibligida, Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2301/918-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 04-sentabrda qabul qilingan ekspertiza tayinlash va ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimiga nisbatan B.A.O tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini taraflardan daʼvogardan vakil A.B, advokat M.D (2023-yil 10-avgustdagi 000062-sonli order va 2023-yil 14-avgustdagi notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan), javobgar “Ggt” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan vakil F.N (2023-yil 08-avgustdagi 505-sonli ishonchnomaga asosan) ishtirokida, viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosidagi ochiq sud majlisida ish hujjatlari bilan birgalikda koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B.A.O (bundan buyon matnda — daʼvogar deb yuritiladi) Shovot tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Ggt” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — javobgar deb yuritiladi) va qoʻshimcha javobgar I.J.P (bundan buyon matnda — javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan “Ggt” masʼuliyati cheklangan jamiyatining navbatdagi (yoki navbatdan tashqari) umumiy yigʻilishini oʻtkazish majburiyatini yuklash va oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishga koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar roʻyxatini sud tartibida kun tartibiga kiritish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 04-sentabrdagi ajrimi bilan mazkur nizo boʻyicha ekspertiza tayinlangan va ish yuritish toʻxtatib turilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 04-sentabrdagi ekspertiza tayinlash va ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimiga nisbatan norozi boʻlib B.A.O tomonidan apellatsiya shikoyati berilgan va unga koʻra ajrimni bekor qilib, ushbu ish boʻyicha ish yuritishni tiklash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakillari apellatsiya shikoyati qoʻllab quvvatlab, ish yuzasidan barcha hujjatlar birinchi instansiya sudiga toʻliq taqdim qilinganligini va ushbu ish boʻyicha ekspertiza tayinlash va ish yuritish toʻxtatib turish mumkin emasligini maʼlum qilib, mazkur ish yuzasidan qabul qilingan ekspertiza tayinlash va ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimini bekor qilishni va ish yuritishni tiklashni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili daʼvogarning apellatsiya shikoyati asossiz kiritilganligini bildirib, apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi sud majlisining joyi va vaqti toʻgʻrisida qoʻshimcha javobgar belgilangan tartibda xabardor qilingan boʻlsa-da, ishda ishtirok qilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda sudlov hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan ishni qoʻshimcha javobgar vakili ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, taraflar vakillarining tushuntirishini tinglab, apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini birinchi instansiya sudi ajrimning ekspertiza tayinlash qismi boʻyicha ish yuritishni tugatishni hamda ajrimning ish yuritishni toʻxtatib turish qismi boʻyicha esa apellatsiya shikoyatini rad qilishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, birinchi instansiya sudining 2023-yil 04-sentabrdagi ajrimi bilan ushbu nizo yuzasidan nizoga aniqlik kiritish va ish holatlariga toʻliq baho berish maqsadida ekspertiza tayinlanib, ushbu nizo yuzasidan ekspertiza xulosasi olinguniga qadar ish yuritish toʻxtatib turilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar javobgarning jamiyatida ushbu davrlarda masʼul lavozimlarda ishlaganligini, hozirgi daʼvo talablari yuzasidan qayta ekspertiza oʻtkazishga asos yoʻqligini, chunki ilgari “P” MChJ nodavlat ekspertizasi tomonidan 2020-yil 13-noyabrda javob xati va 2020-yil 28-sentabrdagi №1-sonli bitim yuzasidan tegishli tartibda ekspertiza oʻtkazilganligini, ushbu javob xati va bitimning asli nusxalari oʻzida saqlanayotganligini, ekspertiza tayinlangan taqdirda oʻzi tegishli hujjatlarni aslini ekspertizaga topshirishini, qayta ekspertiza tayinlanishiga qarshi ekanligini, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish kerakligi bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudida javobgar va qoʻshimcha javobgar vakillari tomonidan ushbu holatlarga qonuniy baho berish va hujjatlarning rasmiylashtirilishida ketma-ketlik tartibiga rioya qilinganligi holatlariga ham baho berish va tegishli tartibda ekspertning xulosasi olinishi kerakligi haqida maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi tomonidan nizo yuzasidan ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga ekspertiza tayinlangan va ish yuritish toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni hal etishda birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq aniqlab, u tomonidan aniqlangan deb hisoblangan holatlar isbotlangani hamda protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagani holda ekspertiza tayinlash va ish yuritishni toʻxtatib turish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 80-moddasi, 1-qismiga koʻra, ishni koʻrish vaqtida yuzaga keladigan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki roziligi bilan ekspertiza tayinlaydi. Agar ekspertizani tayinlash qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa yoxud taqdim etilgan dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoxud qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlsa, sud ekspertizani oʻz tashabbusi bilan tayinlashi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 82-soddasi, 1-qismiga koʻra, qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 261-sonli Qarorining 8.3 bandiga koʻra, IPK 80-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga koʻra ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga ekspert tomonidan tushuntirish berilishi lozim boʻlgan savollarni taqdim etishga va oʻzlari koʻrsatgan shaxslarni ekspert sifatida jalb etish yoki ekspertizani muayyan ekspertiza muassasasida oʻtkazish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Ekspertiza oʻtkazilishi zarur boʻlgan masalalar doirasi va mazmuni sud tomonidan belgilanadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan savollar rad etilgan taqdirda, sud rad etish sabablarini ajrimda asoslantirib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu Plenum Qarorining 9-bandiga 1-qismiga koʻra, IPK 102-moddasining 1-bandiga muvofiq ekspertiza tayinlangan hollarda iqtisodiy sud ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli. Bu haqda alohida chiqarilgan ajrimda yoki ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, mazkur Plenum Qarorining 9-bandi, 2-qismiga koʻra, IPKda ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) nazarda tutilmaganligi munosabati bilan sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda ish yuritishni toʻxtatib turish ham koʻrsatilgan boʻlib, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) boʻlsa, shikoyat (protest)ning faqat ish yuritishni toʻxtatib turishga oid qismi koʻrib chiqiladi. Agar shikoyat (protest) sud ajrimining ekspertizani tayinlashga oid qismi ustidan berilgan boʻlsa, uni qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi. Agar ariza (protest) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, u boʻyicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan, shikoyat (protest) koʻrib chiqilayotgan sud instansiyasida tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 273-moddasi birinchi qismi, 1-bandiga asosan, apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan ajrim ustidan berilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatining birinchi instansiya sudining ekspertiza tayinlash qismi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni tugatishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 281-moddasining uchinchi qismiga asosan birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qarorni, ajrimni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qarorni, ajrimni oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, apellatsiya sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini birinchi instansiya sudi ajrimining ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi qismi boʻyicha apellatsiya shikoyatini rad qilishni hamda ajrimning ushbu qismini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasida ekspertiza tayinlash va ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimiga nisbatan apellatsiya shikoyati berishda davlat boji toʻlanishi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda sudlov hayʼati, daʼvogar tomonidan oldindan toʻlangan 33.000 soʻm pochta xarajatini inobatga olishni va oʻzining zimmasida qoldirishni hamda daʼvogar tomonidan oldindan notoʻgʻri toʻlab chiqilgan 3.300.000 soʻm davlat bojini qaytarishni va bu toʻgʻrisida daʼvogarga alohida tartibda maʼlumotnoma berishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 80, 102, 118, 273, 274, 276-278, 280-281-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2202-2301/918-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 04-sentabrda qabul qilingan ajrimining ekspertiza tayinlash qismi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tugatilsin hamda ajrimning ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi qismi boʻyicha apellatsiya shikoyati rad qilinsin hamda ajrimning ushbu qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta xarajati toʻlanganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan apellatsiya shikoyati berishda oldindan toʻlab chiqilgan 3.300.000 soʻm davlat boji qaytarilsin va bu toʻgʻrisida alohida tartibda maʼlumotnoma berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorga nisbatan u qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi I. TEShAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari M. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. BOBONAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 18-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2202-2301/918-son