16.10.2023 yildagi 4-2201-2302/2516-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — M. Qazaqov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiya sudida maʼruzachi sudya — M. Kurbanov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati M. Kurbanov raisligida, hayʼat aʼzolari M. Bobonazarov va V. Qazaqovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi V. Qoʻshnazarov kotibligida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining daʼvogar “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida, javobgarlar J.P.R, M.K.R, S.A, I.X.M, L.B.X, O.U, A.Kni “UX” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi asosida qoʻzgʻatilgan 4-2201-2302/2516-sonli iqtisodiy ish doirasida 2023-yil 1-avgustda qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini taraflardan daʼvogar “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili Sh.K (2023-yil 13-iyundagi 48-sonli ishonchnoma asosida), javobgarlar S.Aning merosxoʻri S.M.X vakili N.S (2023-yil 31-maydagi notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida), O.U, A.K ishtirokida oʻz binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat xududiy boshqarmasi “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar J.P.R, M.K.R, S.A, I.X.M, L.B.X, O.U, A.K.ni “UX” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilari safidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 17-iyuldagi ajrimi bilan javobgar S.A, huquqiy voris S.M.X bilan almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 24-iyuldagi ajrimi bilan ishga javobgar sifatida “UX” masʼuliyati cheklangan jamiyati jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 1-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga nisbatan “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan apellatsiya shikoyati berilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatini qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilishni va daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgarlar apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining joyi va vaqti toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va qolgan javobgarlar vakillari sud majlisiga kelmadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda sudlov hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 274-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, ishni ular ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilishni va daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata aʼzosi manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvo arizasi (arizasi)ga Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va daʼvogar oʻrtasida tuzilgan aʼzolik shartnomasi hamda guvohnomasi ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi, agar ushbu holat daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palataga aʼzolik toʻgʻrisidagi guvohnoma muddati tugaganligi aniqlangan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytarilishi, bu holat daʼvo arizasi (ariza) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza) IPK 107- moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 13-sonli qarori 28-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilarida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ish doirasida daʼvo arizasi Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida takdim etilgan boʻlsa-da, ish hujjatlarida “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyatining palataga aʼzolik shartnomasi hamda guvohnomasi ilova qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvo arizasi sudga 2023-yil 19-iyunda kirim qilingan boʻlsa-da, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining www.chamber.uz veb-saytidan aniqlanishicha Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi va “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasidagi palataga aʼzolik shartnomasi 2023-yil 7-avgustda tuzilib, guvohnoma ham xuddi shu kuni berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan Plenum qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib, IPK 155-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytarishi va/yoki bu holat daʼvo arizasi (ariza) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, daʼvo arizasi (ariza) IPK 107-moddasining 3-bandiga mos holda koʻrmasdan qoldirishi lozim boʻlgan boʻlsa-da, ishni mazmunan koʻrib chiqib, xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 279-moddasining birinchi qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kodeks 278-moddasining 4-bandiga muvofiq, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga asosan sudlov hayʼati Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 1-avgustdagi hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 118-moddasiga muvofiq, “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan ishni birinchi instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq 3 300 000 soʻm davlat boji undirilib, apellatsiya shikoyati berilishida ixtiyoriy toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat boji, har ikkala instansiya uchun toʻlangan 66 000 soʻm pochta xarajati toʻliq hajmda “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasida qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatida kiritgan daʼvo arizalari (arizalar) koʻrmasdan qoldirilganda yoki ish yuritish tugatilganda davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan daʼvogarlardan undiriladi, bunda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga koʻra, daʼvo koʻrmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi 36-sonli qarori 17-bandining toʻrtinchi xatboshisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 107, 118, 274, 276 — 280-moddalarini koʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 1-avgustdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati manfaatida javobgarlar J.P.R, M.K.R, S.A, I.X.M, L.B.X, O.U, A.Kni “UX” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilari safidan chiqarish haqidagi daʼvo arizasi koʻrmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan respublika budjetiga ishni birinchi instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq 3 300 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati berilishida 1 650 000 soʻm davlat boji, har ikkala instansiya uchun 66 000 soʻm pochta xarajati toʻlanganligi inobatga olinsin va “ITBQ” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorga nisbatan u qabul qilingan paytdan boshlab bir yil muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi M. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari M. BOBONAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. QAZAQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2201-2302/2516-son