04.10.2023 yildagi 4-1001-2303/9496-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshkent shahar SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya Sh.I. Axrorov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya I.M. Alimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil oktyabr oyining 4 kuni Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchi — sudya I.M. Alimov,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari — sudyalar R.U. Rashidov va A.N. Mamaraimovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi Gʻ.Z. Rustamov kotibligida, _______ taʼsischisi _______ ning vakili, advokat ________, “_________” sobiq taʼsischisi _______, “AB” MChJ sobiq taʼsischisi _______ va _______ vakili U. Z ishtirokida “AB” MChJ taʼsischisi Sh. D ning apellatsiya shikoyatiga asosan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida ochiq sud majlisida tekshirib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ taʼsischilarining 2020-yil 20-noyabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi hamda 1, 2, 3, 4-sonli dalolatnomalarga asosan taʼsischilar _______ jamiyatdan oʻz ulushini olib chiqib ketgan va _______ 100 foiz ulush bilan taʼsischi boʻlib jamiyatga kirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ ga tegishli Yuqorichirchiq kadastr boʻlimi tomonidan 2018-yil 12-aprelda davlat reyestridan oʻtkazilgan _______ da joylashgan yengil turdagi issiqxona va qurilishi tugallanmagan binoga tegishli birlamchi kadastr yigʻmajildi asl nusxasi _______ ga topshirilganligi, biroq, qonunga xilof tarzda 2020-yil 30-oktabrdagi mulkni topshirish shartnomasi va 1-sonli oldi-berdi dalolatnomasiga asosan, ushbu koʻchmas mulk obyekti _______ ga topshirilganligi hamda 2020-yil 26-dekabrda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi aniqlanganligi haqidagi vaji bilan daʼvogar _______ Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarlar _______ hamda uchinchi shaxs _______ ga nisbatan _______ (sobiq) rahbari _______ va (sobiq) taʼsischisi _______ oʻrtasida 2020-yil 30-oktabrda tuzilgan ustav jamgʻarmadagi ulush evaziga koʻchmas mulkni berib yuborish haqidagi shartnomani haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatida jamiyat sobiq taʼsischilari _______ va _______ ga tegishli koʻchmas mulkni ulush evaziga olib chiqib ketish toʻgʻrisidagi shartnoma va 1-sonli dalolatnomani goʻyoki 2022-yil 30-oktabrda tuzishganligi, ammo aslida jamiyat taʼsischilarining 2020-yil 20-noyabrda imzolangan 2-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasi, 1, 2, 3, 4-sonli dalolatnomalarga asosan sobiq taʼsischilar _______ oʻz ulushlarini olib jamiyatdan chiqib ketishganligi, ushbu holatda jamiyat sobiq taʼsischilari _______ 2020-yil 30-oktabrdagi shartnomani va 1-sonli dalolatnomani orqa sana bilan tayyorlab olishganligini, yirik bitimni tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinishi, ish hujjatlarida, jamiyatning ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini koʻchmas mulk bilan olib chiqib ketishi toʻgʻrisida jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori mavjud emasligi, ushbu holatda jamiyat sobiq taʼsischilari _______ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining talablariga zid ravishda 2020-yil 30-oktabrda ustav jamgʻarmadagi ulush evaziga koʻchmas mulkni berib yuborish haqida shartnoma tuzilganligi hamda jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi, ushbu bayon qilingan holatlarga birinchi instansiya sudi tomonidan huquqiy baho berilmasdan, ishni bir yoqlama koʻrib, aynan ushbu taraflar ishtirokida koʻrib chiqilgan maʼmuriy sudning qarorlarida boshqa hujjat va xatti-harakatlar nizosi koʻrib chiqilganligini eʼtibordan chetda qoldirib, moddiy huquq normalarini notoʻgʻri qoʻllagan holda barvaqt adolatsiz qaror qabul qilinganligi taʼkidlanib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili, advokat _______ apellatsiya shikoyatini quvvatlab, uni qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar _______ vakili _______ apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtiroz bildirib, birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlanganligi, protsessual va moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini taʼkidlab, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati maʼruzachi sudyani, ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishini eshitib, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi xulosaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan aniqlanishicha, _______ manzilida joylashgan jami 80000 kv.m yer maydonida joylashgan, umumiy foydalanish maydoni 130,59 kv.m, yashash maydoni 92,17 kv.m boʻlgan bino-inshoot _______ tomonidan _______ ning ustav fondiga kiritilib, ushbu koʻchmas mulkka nisbatan _______ ning huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 11-noyabrda _______ taʼsischilarining 2-sonli umumiy yigʻilishi bayonnomasi hamda 1, 2, 3, 4-sonli dalolatnomalariga asosan taʼsischilar _______ jamiyatdan oʻz ulushini olib chiqib ketgan va _______ 100 foiz ulush bilan taʼsischi boʻlib jamiyatga kirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan norozi boʻlgan _______ taʼsischisi _______ yuqoridagi ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogar _______ taʼsischisi _______ ning _______ (sobiq) rahbari _______ va (sobiq) taʼsischisi _______ oʻrtasida 2020-yil 30-oktabrda tuzilgan ustav jamgʻarmasidagi ulush evaziga koʻchmas mulkni berib yuborish haqidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo talabi oʻz isbotini topmaganligini inobatga olib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati quyidagi asoslarga koʻra, birinchi instansiya sudining mazkur xulosasi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-oktabrdagi _______ va _______ oʻrtasida tuzilgan oldi-berdi dalolatnomasiga asosan _______ manzilida joylashgan bino va inshootlar _______ ga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, _______ taʼsischisi _______ oʻziga tegishli bino va inshootlarni _______ ning balansiga kiritgan hamda Toshkent viloyat Adliya boshqarmasi davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2020-yil 25-dekabrdagi 1-sonli topshirish dalolatnomasi, _______ ning 2020-yil 25-dekabrdagi 2-sonli qarori va _______ taʼsischilari umumiy yigʻilishining 2020-yil 25-dekabrdagi 2-sonli bayonnomasiga asosan, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan _______ manzilida joylashgan bino va inshootlarni _______ nomiga 2021-yil 11-yanvardagi 1727239/R-A1474671-sonli reyestr tartib raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ maʼmuriy sudga murojaat qilib, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent viloyati boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini qonunga xilof va _______ nomiga 2021-yil 11-yanvardagi 1727239/R-A1474671-sonli reyestr tartib raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 11:14:02:01:01:3386:0001-raqamli kadastr hujjatlarini haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emas deb topilishi munosabati bilan uning huquqiy oqibatini qoʻllashni ham soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 25-yanvardagi hal qiluv qarori bilan _______ ning mazkur arizasini qanoatlantirish rad etilgan (5-1001-2104/3035-sonli maʼmuriy ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellatsiya instansiyasining 2023-yil 23-martdagi qarori bilan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 25-yanvardagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida _______ ham maʼmuriy sudga murojaat qilib, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslarining koʻchmas mulkni _______ na nomiga 2020-yil 26-dekabrda 1727239/R-A1440931-sonli reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ifodalangan xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 19-apreldagi hal qiluv qarori bilan _______ ning ushbu arizasini ham qanoatlantirish rad etilgan (5-1001-2305/447-sonli maʼmuriy ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellatsiya instansiyasining 2023-yil 7-iyundagi qarori bilan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 19-apreldagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, _______ ning yuqoridagi holatlar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha dastlabki tergov organining jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 73-moddasining uchinchi qismida fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiy ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda daʼvogarning jamiyatning ishtirokchilaridan biri oʻz ulushini koʻchmas mulk bilan olib chiqib ketishi toʻgʻrisida jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori mavjud emasligi haqidagi vaji asossiz boʻlib, 2020-yil 30-oktabrdagi ________ va ________ oʻrtasida tuzilgan yuqoridagi uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni ________ ga topshirish haqidagi dalolatnoma ish hujjatlarida mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogarning Yuqorichirchiq kadastr boʻlimi tomonidan 2018-yil 12-aprelda davlat reyestridan oʻtkazilgan 11:14:02:01:01:1110-raqamli ________ da joylashgan yengil turdagi issiqxona va qurilishi tugallanmagan binoga tegishli birlamchi kadastr yigʻmajildi asl nusxasi ________ ga topshirilganligi, biroq, qonunga xilof tarzda 2020-yil 30-oktabrdagi mulkni topshirish shartnomasi va 1-sonli oldi-berdi dalolatnomasiga asosan, ushbu koʻchmas mulk obyekti ______________ ga topshirilganligi hamda 2020-yil 26-dekabrda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi vaji ham asossiz boʻlib, ushbu holatda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi ________ manzilida joylashgan bino va inshootlarni ________ nomiga birlamchi kadastr yigʻmajildi (kadastr pasporti) mavjudligidan kelib chiqib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Ushbu holatlar maʼmuriy sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni koʻrishda ham oʻz tasdigʻini topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsis shartnomasining 4.7-bandida taʼsischi chiqish chogʻida taʼsischilar qaroriga asosan oʻzi tomonidan kiritilgan mol-mulk koʻrinishida ham chiqishi mumkinligi nazarda tutilgan boʻlib, shunga koʻra va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15, 22-moddalariga muvofiq, jamiyat taʼsischilari oʻz ulushini olib chiqib ketgan (i.v.46). Bu bilan daʼvogar yoki jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilmagan. Ushbu masalalar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 22.1, 22.2-bandlarida taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlangan, ishdagi dalillarga huquqiy baho berilgan, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilgan, aniqlangan deb hisoblangan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar ishdagi maqbul boʻlgan dalillar bilan isbotlangan. Sudning hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalar ish holatlariga muvofiq keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday ekan, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar bilan kelishib boʻlmaydi va ular sudning hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo arizasini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, apellatsiya shikoyati uchun 2023-yil 2-avgustdagi 232140987177-sonli kvitansiya bilan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlangan 1 650 000 soʻm davlat bojini, 2023-yil 2-avgustdagi 232144573294-sonli kvitansiya bilan Toshkent shahar sudiga sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq toʻlangan 33 000 soʻm pochta xarajatlarini ________taʼsischisi ________ zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 278-moddasining 1-bandi, 280-moddasiga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, apellatsiya shikoyati esa qanoatlantirmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi I.M. ALIMOV
hayʼat aʼzolari R.U. RAShIDOV
A.N. MAMARAIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1001-2303/9496-son