10.10.2023 yildagi 4-2201-2302/2599-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — M. Qazaqov
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — I. Teshayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati I. Teshayev raisligida, hayʼat aʼzolari M. Bobonazarov va B. Davlatovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi R. Umarovning kotibligida, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2201-2302/2599-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 07-avgustda qabul qilingan hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar ________ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatini taraflardan daʼvogardan advokat ________ (2023-yil 09-martdagi № 202301770001049-sonli ishonchnoma va 2023-yil 27-sentabrdagi 000071-sonli orderga asosan), javobgar _______ masʼuliyati cheklangan jamiyatidan vakil ________ (rahbar), advokat ________ (2023-yil 20-iyuldagi 7-sonli ishonchnoma va 2023-yil 20-iyuldagi 38-sonli orderga asosan), qoʻshimcha javobgardan vakil ________ (taʼsischi)lar ishtirokida viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati joylashgan binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______(bundan buyon matnda — daʼvogar deb yuritiladi) Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar _______ masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda — javobgar deb yuritiladi), qoʻshimcha javobgar _______ (bundan buyon matnda — qoʻshimcha javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan 2017-yil 4-sentabrdagi 2-sonli bayonnomani haqiqiy emas deb topish va direktor ________ bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 07-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning 2017-yil 4-sentabrdagi 2-sonli bayonnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo talabini qanoatlantirish rad qilingan hamda daʼvogarning direktor ________ bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi daʼvo talabi boʻyicha esa ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroriga nisbatan daʼvogar tomonidan apellatsiya shikoyati berilib, unda hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvo arizani qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili tushuntirish berib, apellatsiya shikoyatidagi vajlarni takrorlab, apellatsiya shikoyatini toʻliq qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo muddati asossiz qoʻllanilganligini bildirib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, ish boʻyicha daʼvo arizani toʻliq qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakillari tushuntirish berib, apellatsiya shikoyatini rad qilishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan qoʻshimcha javobgar ________ daʼvogarning daʼvosi asossiz ekanligini maʼlum qilib, birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori asosli ekanligini bildirib, birinchi instansiya sudida daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida fikr bildirmaganligini maʼlum qilib, daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirishni va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud majlisi muhokamasida aniqlangan holatlarga koʻra, javobgar yuridik shaxs sifatida 2017-yil 1-fevralda 6282-sonli reyestr tartib raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, Urganch shahar hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlariga davlat davlat xizmatlari koʻrsatish “yagona darcha” markazi tomonidan 2017-yil 1-fevralda 6282-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning ustavi roʻyxatga olingan hamda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. ________ — 3.000.000 soʻm — 50 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. _______ — 3.000.000 soʻm — 50 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar taʼsischilarining 2017-yil 4-sentabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayoni bilan ________ ishdan boʻshatilib, _______ MChJ direktori qilib, ________ saylangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_______ masʼuliyati cheklangan jamiyatining vakili ________ ning soʻrovnomasiga asosan nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti “RX” MChJ tomonidan sudga oid xatshunoslik ekspertizasi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertning 2023-yil 2-iyundagi xulosasida jamiyat taʼsischilarining 2017-yil 4-sentabrdagi 2-sonli umumiy yigʻilish bayonidagi imzo _______ tomonidan bajarilmaganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin, daʼvogar mazkur daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi quyidagilarga asosan daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirishni rad etishni lozim deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida javobgar vakili sudga ariza taqdim qilib, daʼvo talablariga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllab, daʼvoni rad qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb ham yuritiladi) 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddatining oʻtganligidan qatʼiy nazar sudda koʻrib chiqish uchun qabul qilinadi. Daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi. Qoʻllanish toʻgʻrisida nizodagi taraf bayon qilgan daʼvo muddatining oʻtishi sudning daʼvoni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 150-moddasida umumiy daʼvo muddati — uch yil deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 151-moddasiga kura, ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus daʼvo muddatlari belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 41-moddasiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab boʻlgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida ishtirok etgan boʻlsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir koʻrsata olishi mumkin boʻlmasa va (yoki) yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik jiddiy boʻlmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan boʻlsa, shikoyatga sabab boʻlgan qarorni oʻz kuchida qoldirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy huquqning yuqorida qayd etilgan normasining mazmuni shundan iboratki, Qonunining 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus daʼvo muddati hisoblanishi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-sonli Qarorining 20.2-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar _______ MChJ direktori qilib ________ saylanganligini 2018-yil 8-yanvardan bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, _______ MChJ taʼsischilarining 2018-yil 8-yanvarda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida daʼvogar ________ shaxsan qatnashib, umumiy yigʻilishi bayonnomasini imzolagan va ushbu yigʻilishda _______ MChJ nomidan kredit mablagʻlarini olish bilan bogʻliq boʻlgan yirik va boshqa har xil bitimlarni tuzish, imzolash vakolatlari jamiyat rahbari ________ vakolatiga berish haqida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, daʼvogar qonunda belgilangan ikki oylik maxsus daʼvo muddatini oʻtkazib, mazkur daʼvo arizadagi talablar bilan 2023-yil 23-iyunda Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 262-sonli Qarorining 20.2-bandida ikki oylik muddatning oʻtkazib yuborilganligi sabablari daʼvogarning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan uzrli deb topilib, FKning 159-moddasiga muvofiq tiklanishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar birinchi instansiya sudiga daʼvo ariza bilan birga ariza taqdim etib, oʻtkazib yuborilgan muddatni uzrli deb topishni va muddatini tiklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu arizani qanoatlantirishni rad etishni lozim deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunki, daʼvogar _______ MChJ direktori qilib ________ saylanganligini 2018-yil 8-yanvardan bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan birinchi instansiya sudi va apellatsiya instansiyasi sud majlislari koʻrish jarayonlarida daʼvo muddati oʻtishining uzilishi va toʻxtatilishiga olib keladigan biron-bir sabablarni koʻrsata olmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 68-moddasida ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi yuqoridagi holatlarni inobatga olib, javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirib, maxsus (umumiy) daʼvo muddatini qoʻllab, daʼvogarning 2017-yil 4-sentabrdagi 2-sonli bayonnomani haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etib hamda ushbu qismlar yuzasidan sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklashni lozim deb topib, toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvogar oʻzining daʼvo talabida direktor ________ bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni ham soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 110-moddasining 1-bandiga muvofiq ish sudga taalluqli boʻlmasa iqtisodiy sudi ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga asosan, birinchi instansiya sudi daʼvogarning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi talabini iqtisodiy sudga taalluqligi emas deb hisoblab, ushbu talab boʻyicha ish yuritishni tugatib, ishni koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklab, asosli toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi birinchi qismi, 5-bandida agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda davlat boji qaytarilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118-moddasiga koʻra, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, birinchi instansiya sudi daʼvogarning daʼvo talabini bir qismini qanoatlantirishni rad qilib, sud xarajatlarini daʼvogar zimmasiga yuklab, birinchi daʼvo talabi uchun oldindan toʻlangan 33.000 soʻm pochta xarajatini va 3.300.000 soʻm davlat bojini inobatga olib, ikkinchi daʼvo talabi boʻyicha esa ish yuritish tugatilganligi sababli toʻlangan 3.300.000 soʻm davlat bojini daʼvogarga qaytarishni lozim deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal etishda, birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatli holatlarni toʻliq aniqlab, u tomonidan aniqlangan deya hisoblangan holatlar isbotlangani hamda moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllagani holda daʼvoni rad qilish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asoslanib, birinchi instansiya sudi daʼvogarning daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad qilish va daʼvo talabining bir qismi boʻyicha ish yuritishni tugatishda moddiy va protsessual qonun normalarini toʻgʻri qoʻllagan holda asoslantirilgan va qonuniy qaror qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 279-moddasining birinchi qismiga asosan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun Kodeksning ushbu moddasida koʻrsatilgan asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlardan kelib chiqib, sudlov hayʼati daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek sudlov hayʼati, ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini toʻliq hajmda daʼvogar zimmasiga yuklashni, daʼvogar tomonidan oldindan toʻlab chiqilgan davlat boji hamda pochta xarajatini inobatga olishni va oʻzining zimmasida qoldirishni, shuningdek daʼvogar tomonidan oldindan ortiqcha toʻlab chiqilgan 1.650.000 soʻm davlat bojini daʼvogarga qaytarishni va bu toʻgʻrisida daʼvogarga maʼlumotnoma berishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 68, 118, 274, 276 — 278, 280-281-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 4-2201-2302/2599-sonli iqtisodiy ishi doirasida 2023-yil 07-avgustda qabul qilingan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, daʼvogar ________ ning apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji va pochta xarajati daʼvogar tomonidan oldindan toʻlanganligi inobatga olinib, oʻzining zimmasida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan oldindan ortiqcha toʻlab chiqilgan 1.650.000 soʻm davlat boji daʼvogarga qaytarilsin va bu toʻgʻrisida daʼvogarga maʼlumotnoma berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorga nisbatan u qabul qilingan paytdan boshlab bir yil muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyati berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi I. TEShAYEV
hayʼa aʼzolari M. BOBONAZAROV
B. DAVLATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2201-2302/2599-son