10.10.2023 yildagi 4-1102-2202/483-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Xayitboyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya X. Karimov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati X. Karimovning raisligida, hayʼat aʼzolari A. Ibragimova va N. Yusupovdan iborat tarkibda, F. Murodullayevning sud majlisi kotibligida, daʼvogar “Kdb” MChJ taʼsischisi A.R.R.ning vakili R.A. (2021-yil 21-oktabrdagi notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida), javobgar “Kdb” MChJ vakili L.I. (order va 2023-yil 14-maydagi 3-sonli ishonchnoma asosida), javobgar “Mkt” MChJ vakili Sh.I. (order va 2022-yil 24-fevraldagi 5-sonli ishonchnoma asosida), javobgar “Kdb” MChJ taʼsischisi S.Sh.N.ning vakili Sh.I. (2022-yil 7-yanvardagi notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida), uchinchi shaxs E.A.A, uchinchi shaxs A.B.S.ning vakili Sh.I. (2023-yil 9-oktabrdagi notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida) ishtirokida Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarori ustidan javobgar “Kdb” MChJ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Toshkent viloyat sudi binosida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kdb” MChJ taʼsischisi A.R.R. (matnda daʼvogar deb yuritiladi) “Kdb” MChJ va uning taʼsischilari “Mkt” MChJ hamda S.Sh.N.ga (matnda javobgarlar deb yuritiladi) nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli shartnomani haqiqiy emas deb topishni, qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritib berishni soʻragan (4-1102-2202/483-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday, daʼvogar javobgarlarga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat qilib, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2021-yil 4-yanvardagi 01-sonli 15 525 000 soʻmlik, 2021-yil 28-apreldagi 02-sonli 61 272 000 soʻmlik, 2021-yil 04-maydagi 03-sonli 81 038 200 soʻmlik, 2021-yil 20-maydagi 04-sonli 43 107 750 soʻmlik, 2021-yil 31-maydagi 05-sonli 24 105 196 soʻmlik, 2021-yil 1-iyundagi 06-sonli 23 257 370 soʻmlik, 2021-yil 30-iyundagi 07-sonli 443 718 921 soʻmlik, 2021-yil 12-iyuldagi 08-sonli 197 563 709,50 soʻmlik, 2021-yil 28-iyuldagi 09-sonli 4 945 000 soʻmlik, 2021-yil 30-iyuldagi 10-sonli 374 155 777,50 soʻmlik hamda 2021-yil 18-avgustdagi 11-sonli 472 231 044,05 soʻmlik, jami 1 740 919 971,65 soʻmlik shartnomalar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topishni soʻragan (4-1102-2202/635-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 10-maydagi ajrimi bilan 4-1102-2202/483-sonli va 4-1102-2202/635-sonli iqtisodiy ishlar bitta ish yuritishga birlashtirilib ishga 4-1102-2202/483-sonli raqam berilgan. Sudning 2022-yil 21-noyabrdagi ajrimi bilan “Mkt” MChJ taʼsischisi A.B.S. hamda “Kdb” MChJ sobiq rahbari E.A.A. nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 14-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilib, oldindan toʻlangan 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati daʼvogar zimmasida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori ustidan daʼvogar apellatsiya shikoyati bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 16-avgustdagi qarori bilan daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan va oldindan toʻlangan 16 200 000 soʻm davlat boji va 21 600 soʻm pochta xarajati daʼvogar zimmasida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlaridan norozi boʻlib daʼvogar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatlarini bekor qilib, daʼvo talablarini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Kassatsiya shikoyatini berishda daʼvogar 16 200 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatini toʻlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 25-oktabrdagi qarori bilan kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilib, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 14-iyundagi hal qiluv qarori va Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 16-avgustdagi qarori bekor qilinib, ish yangidan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablari qisman qanoatlantirilib, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli shartnoma, shuningdek, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2021-yil 4-yanvarda tuzilgan 01-sonli, 2021-yil 28-aprelda tuzilgan 02-sonli, 2021-yil 4-mayda tuzilgan 03-sonli, 2021-yil 20-mayda tuzilgan 04-sonli, 2021-yil 31-mayda tuzilgan 05-sonli, 2021-yil 1-iyunda tuzilgan 06-sonli, 2021-yil 30-iyunda tuzilgan 07-sonli, 2021-yil 12-iyulda tuzilgan 08-sonli, 2021-yil 28-iyulda tuzilgan 09-sonli, 2021-yil 30-iyulda tuzilgan 10-sonli, 2021-yil 18-avgustda tuzilgan 11-sonli umumiy qiymati 1 740 919 971,65 soʻm boʻlgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilgan va daʼvoning qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritish talabi boʻyicha ish yuritish tugatilib, javobgarlardan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati undirilgan. Hal qiluv qarori ustidan javobgar “Kdb” MChJ apellatsiya shikoyati bergan, unda birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimi bilan javobgar “Kdb” MChJning apellatsiya shikoyati koʻrmasdan qoldirilgan. Shuningdek, javobgar “Kdb” MChJ hisobidan respublika budjetiga 16 200 000 soʻm davlat bojini undirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlaridan norozi boʻlib daʼvogar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatlarining davlat bojini undirish qismini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, javobgar “Kdb” MChJ ishonchli vakili L.I Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimini bekor qilishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-iyuldagi qarori bilan daʼvogar “Kdb” MChJ taʼsischisi A.R.R.ning kassatsiya shikoyatidagi hal qiluv qarorining davlat boji qismini bekor qilish boʻyicha ish yuritish tugatilib, shikoyatdagi apellatsiya instansiyasi sudi qarorining davlat boji qismini bekor qilishni qanoatlantirish rad etilgan. Shuningdek, “Kdb” MChJning kassatsiya shikoyati qanoatlantirilib, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 13-apreldagi ajrimi bekor qilingan va apellatsiya shikoyati koʻrib chiqish uchun Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar “Kdb” MChJning apellatsiya shikoyatida, nizolashilayotgan 12 ta shartnomaning haqiqiy emasligini isbotlash majburiyati daʼvogarga yuklatilgani, shuning uchun daʼvogar oʻzining talablarini dalillar yordamida isbotlashi kerakligi, 12 ta shartnomalarning tuzilishi natijasida “Kdb” MChJ hech qanday zarar koʻrmagani, balki ushbu shartnomalar asosida “Mkt” MChJdan olingan qurilish materiallari, santexnika uskunalari bilan “Kdb” MChJga tegishli 3 700,11 m2 bino-inshootlari kapital taʼmirlangani, natijada “Kdb” MChJ bundan faqat foyda koʻrgani, nizolashilayotgan shartnomalarning barchasi “Kdb” MChJning odatdagi xoʻjalik faoliyatida tuziladigan bitimlar qatoriga kirishi sababli yirik bitim deb eʼtirof etilmasligi, bitim tuzish vakolatlarini cheklash belgilanishidan manfaatdor shaxs bitimni keyinchalik maʼqullaganda, FKning 126-moddasida belgilangan bitimni haqiqiy emas deb topish asoslari qoʻllanilmasligi, jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi bayonlariga nisbatan daʼvogar nizolashmagani sababli yigʻilish bayonlari haqiqiy hisoblanishi qayd etilgan va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar “Kdb” MChJ vakili apellatsiya shikoyatini quvvatlab, qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun jamiyatda pul mablagʻlari boʻlmagani, jamiyatning hisobraqamiga taqiq qoʻyilgani sababli tijorat banklari ham kredit bermagani, 2018-yil 30-may kuni jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtgani, yigʻilish kun tartibiga qurilishning uchinchi bosqichini boshlash haqida masala ham kiritilgani, ushbu yigʻilishda taʼsischi A.R.R. ishtirok etgani va kun tartibidagi barcha masalalardan uning ham xabari boʻlgani, nizolashilayotgan shartnomalarning tuzilishi natijasida jamiyat zarar koʻrmagani, balki foyda koʻrgani, ushbu shartnomalarning barchasi jamiyatning odatdagi xoʻjalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar qatoriga kirishi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5564-sonli Farmoni bilan oldindan toʻlovlarsiz shartnoma tuzishga ruxsat berilgani, 12 ta shartnomalar haqiqiy emas deb topiladigan boʻlsa, bundan jamiyat va davlat zarar koʻrishi haqida maʼlum qildi va shikoyatni qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi. Sud majlisida javobgarlar “Mkt” MChJ va taʼsischi S.Sh.N.ning hamda uchinchi shaxs A.B.S.ning vakili apellatsiya shikoyatini quvvatlab, qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun jamiyatda pul mablagʻlari boʻlmagani, natijada jamiyat affillangan shaxslar bilan shartnoma tuzishga majbur boʻlgani, “Mkt” MChJdan qarzga olingan qurilish materiallar “Kdb” MChJga tegishli bino-inshootlarni kapital taʼmirlash uchun sarflangani, bunday holda “Kdb” MChJ hech qanday zarar koʻrmagani, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga koʻra, jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, shuning uchun jamiyat zarar koʻrgan boʻlsa, daʼvogar buni dalillar yordamida isbotlab berishi lozimligi haqida maʼlum qildi va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogar vakili shikoyatga eʼtiroz bildirib, “Mkt” MChJ va Sh.N.S “Kdb” MChJga nisbatan affillangan shaxslar hisoblanishi, biroq “Mkt” MChJ bilan jamiyat oʻrtasida jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi roziligisiz 12 ta shartnoma tuzilgani, bu bilan “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasi talabi buzilgani, FKning 116-moddasida, qonunchilikning talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligi, “Mkt” MChJdan qarzga olingan qurilish materiallari bozordagi narxlarga nisbatan qimmatroq olingani, natijada jamiyat moliyaviy tarafdan qiyin ahvolga kelib qolgani, olingan qurilish materiallaridan boʻlgan qarzdorlikni undirish uchun sud qarorlari chiqarilgani, javobgarlarning vakillari qayd etgan 2018-yil 30-maydagi 04-sonli umumiy yigʻilish kun tartibiga affillangan shaxslar bilan shartnoma tuzish masalasi kiritilmagani va koʻrib chiqilmagani, bu haqda qaror qabul qilinmagani haqida maʼlum qildi va shikoyatni rad etib, birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida uchinchi shaxs A.E. ilgari “Kdb” MChJ rahbari boʻlib ishlagani, Chirchiq shahar hokimligi tomonidan 2018-yilda jamiyatda kapital taʼmirlash ishlarini boshlash haqida topshiriq berilgani, shundan soʻng “Mkt” MChJdan qurilish materiallari olish uchun taʼsischilar Sh.S. va R.A. oʻzaro ogʻzaki kelishib olgani, qurilish materiallari “Mkt” MChJdan qarzga olinib, uchinchi bosqich kapital taʼmirlash ishlari boshlangani, biroq ishlar yarmiga yetganida taʼsischilar oʻrtasida nizo kelib chiqqani, garchi jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilish qarorida taʼsischi R.A.ning imzosi boʻlmasa-da, qurilish materiallari olinganidan uning xabari borligi haqida maʼlum qildi va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vakillari bergan koʻrsatmalarni tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmaslikni va birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. Aniqlanishicha, “Kdb” MChJ ustavi 2014-yil 28-mart kuni Chirchiq shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida 4280-sonli reyestr raqam bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavning 7.2-bandiga koʻra, jamiyat taʼsischilarining ustav fonddagi ulushlari miqdori va ularning nominal qiymati quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mkt” MChJ ulushi — 189 498 777 (40,88 %);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.R.R. ulushi — 162 233 887 soʻm (35 %);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S.Sh.N. ulushi — 111 792 728 soʻm (24,12 %).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, regist.stat.uz sayti maʼlumotlariga koʻra, “Mkt” MChJ taʼsis hujjatlari 2009-yil 23-iyulda Chirchiq shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida 3345-sonli reyestr raqam bilan roʻyxatga olingan, taʼsischilar ulushi quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S.Sh.N. ulushi — 89,60 %;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.B.S. ulushi — 10,40 %.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor — “Kdb” MChJ va yetkazib beruvchi — “Mkt” MChJ oʻrtasida 500 000 000 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2019-yil 20-martda 02-sonli shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xaridor va yetkazib beruvchi oʻrtasida 15 525 000 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 4-yanvarda 01-sonli, 61 272 000 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 28-aprelda 02-sonli, 81 038 200 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 4-mayda 03-sonli, 43 107 750 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 20-mayda 04-sonli, 24 105 196 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 31-mayda 05-sonli, 23 257 370 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 1-iyunda 06-sonli, 443 718 921 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 30-iyunda 07-sonli, 197 563 709,50 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 12-iyulda 08-sonli, 4 945 000 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 28-iyulda 09-sonli, 374 155 777,50 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 30-iyulda 10-sonli hamda 472 231 044,05 soʻmlik qurilish materiallarini yetkazib berish toʻgʻrisida 2021-yil 18-avgustda 11-sonli jami 1 740 919 971,65 soʻmlik shartnomalar tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar ushbu shartnomalar “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga zid ravishda jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz tuzilgani, “Mkt” MChJ hamda Sh.Slar “Kdb” MChJ taʼsischilari hisoblanib, mazkur holatda manfaatdor boʻlgan yoki oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz tuzilgani yaʼni, “Kdb” MChJ tomonidan mazkur bitimlarni tuzish uchun jamiyatning umumiy yigʻilish roziligi olinmaganini inobatga olib, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2019-yil 20-martdagi 02-sonli, 2021-yil 4-yanvardagi 01-sonli, 2021-yil 28-apreldagi 02-sonli, 2021-yil 4-maydagi 03-sonli, 2021-yil 20-maydagi 04-sonli, 2021-yil 31-maydagi 05-sonli, 2021-yil 1-iyundagi 06-sonli, 2021-yil 30-iyundagi 07-sonli, 2021-yil 12-iyuldagi 08-sonli, 2021-yil 28-iyuldagi 09-sonli, 2021-yil 30-iyuldagi 10-sonli, 2021-yil 18-avgustdagi 11-sonli shartnomalarni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning (matnda Qonun deb yuritiladi) 43-moddasi birinchi qismiga koʻra, tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining aʼzosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi aʼzosi manfaatdor boʻlgan yoki oʻz affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega boʻlgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi boʻlgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan maʼlumotlar asosida S.Sh.N. 2009-yil 23-iyul kunidan “Mkt” MChJ taʼsischisi ekanligi tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2014-yil 28-mart kunidan “Mkt” MChJ va S.Sh.N. “Kdb” MChJ taʼsischilari hisoblanadi va shu sanadan boshlab “Mkt” MChJ “Kdb” MChJga nisbatan affillangan shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli “Kdb” MChJ va “Mkt” MChJ oʻrtasida nizolashilayotgan 12 ta shartnoma “Kdb” MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi roziligi asosida tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kdb” MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi asosida affillangan shaxslar bilan shartnoma tuzishga rozilik berilgani haqida javobgar vakillari sudlov hayʼatiga koʻrsatma berdilar, biroq ushbu vajlarni tasdiqlovchi dalillarni (umumiy yigʻilish qarorlarini) taqdim etmadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy protsessual kodeksining (matnda IPK deb yuritiladi) 68-moddasi birinchi qismida, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerakligi, 72-moddasida, qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emasligi qayd etilgani sababli sudlov hayʼati javobgar vakillarining bu haqdagi koʻrsatmalarini maqbul dalil oʻrnida qabul qilmaslikni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, javobgar vakillari 2018-yil 30-may kuni “Kdb” MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishida jamiyat qurilishining ikkinchi va uchinchi bosqichini boshlash (resheniye voprosa stroitelstva vtorogo i tretyego etapa) va “Mkt” MChJdan olingan qurilish materiallari (o stroitelnix materialax, oprixodovannix ot OOO “Mkt”) haqidagi masala koʻrib chiqilgani va rozilik berilgani, taʼsischi A.R.R. ushbu yigʻilishda ishtirok etgani, ushbu masalalardan xabardorligini bildirgan boʻlsalar-da, sudlov hayʼati ushbu vajlar bilan kelishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kdb” MChJ taʼsischilarining 2018-yil 30-maydagi umumiy yigʻilishi natijasi boʻyicha bayonnomaning ikki xil nusxasi sudlov hayʼatiga taqdim etilgan boʻlib, kun tartibidagi ayrim masalalar boʻyicha qabul qilingan qarorlar bir-birini inkor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, taqdim etilgan ushbu ikki nusxadagi umumiy yigʻilish bayonnomasida daʼvo arizada qayd etilgan va nizolashilayotgan 12 ta shartnomalarni “Kdb” MChJga nisbatan affillangan shaxs “Mkt” MChJ bilan tuzishga rozilik berish masalasi koʻrib chiqilmagani va bu haqda qaror qabul qilinmagani maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, javobgar vakillari nizolashilayotgan 12 ta shartnomalar garchi affillangan shaxs bilan tuzilgan boʻlsa-da, ushbu shartnomalarning tuzilishidan “Kdb” MChJ hech qanday zarar koʻrmagani, balki foyda koʻrgani, Qonunning 43-moddasiga koʻra, jamiyatga zarar yetkazilgan boʻlsa, affillangan shaxs bilan tuzilgan shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkinligini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 43-moddasi sakkizinchi qismida, manfaatdor shaxs jamiyat oldida oʻzi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi. Agar bir necha shaxs javobgar boʻlsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, manfaatdor shaxsning harakatlari (yoki harakatsizligi) natijasida jamiyatga zarar yetadigan boʻlsa, manfaatdor shaxs ushbu zarar miqdorida jamiyatga nisbatan majburiyatli hisoblanadi, jamiyat esa zararni yetkazgan manfaatdor shaxsga nisbatan huquqqa ega boʻladi va shu sababli sudlov hayʼati nizolashilayotgan 12 ta shartnomalardan jamiyat zarar koʻrsa, ular haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi haqidagi javobgar vakillarining vajlari bilan kelishmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatida nizolashilayotgan 12 ta shartnomalarning barchasi “Kdb” MChJning odatdagi xoʻjalik faoliyatida tuziladigan bitimlar qatoriga kirishi haqida vajlar keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regist.stat.uz sayti maʼlumotlariga koʻra, “Kdb” MChJning asosiy faoliyat turi savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish, bino va savdo maydonlarini ijaraga berishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida nizolashilayotgan 12 ta shartnomalarning barchasi “Mkt” MChJdan “Kdb” MChJga qurilish materiallarini yetkazib berish maqsadida tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning vakillari bergan koʻrsatmalar bilan shuningdek, toʻplangan hujjatlar bilan “Mkt” MChJdan olingan qurilish materiallari “Kdb” MChJga tegishli bino-inshootlarni kapital taʼmirlash uchun ishlatilgan. Shu sababli sudlov hayʼati 12 ta shartnomalar “Kdb” MChJning odatdagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi uchun tuzilgan deb hisoblamaslikni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 43-moddasi yettinchi qismida, tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan va ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan bitimlar jamiyatning yoki uning ishtirokchisining daʼvosi asosida sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik kodeksining (matnda FK deb yuritiladi) 116-moddasiga koʻra, qonunchilikning talablariga muvofiq kelmaydigan mazmundagi bitim, shuningdek huquq-tartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emasdir. Bunday bitimga nisbatan ushbu Kodeks 114-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli birinchi instansiya sudi Qonunning 43-moddasi hamda FKning 116-moddasi asosida daʼvogarning daʼvo talablarini qisman qanoatlantirib, “Mkt” MChJ va “Kdb” MChJ oʻrtasida 2019-yil 20-martda tuzilgan 02-sonli, 2021-yil 4-yanvarda tuzilgan 01-sonli, 2021-yil 28-aprelda tuzilgan 02-sonli, 2021-yil 4-mayda tuzilgan 03-sonli, 2021-yil 20-mayda tuzilgan 04-sonli, 2021-yil 31-mayda tuzilgan 05-sonli, 2021-yil 1-iyunda tuzilgan 06-sonli, 2021-yil 30-iyunda tuzilgan 07-sonli, 2021-yil 12-iyulda tuzilgan 08-sonli, 2021-yil 28-iyulda tuzilgan 09-sonli, 2021-yil 30-iyulda tuzilgan 10-sonli, 2021-yil 18-avgustda tuzilgan 11-sonli shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo talabining qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritib berish haqidagi qismini muhokama qilgan va ushbu talabni tugatish haqida xulosaga kelgan. Xususan, IPKning 25-moddasida, ishlarning sudga taalluqliligi, 26-moddasida, iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar aniq belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 110-moddasi 1-bandida, ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa, sud ish yuritishni tugatishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda birinchi instansiya sudining qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlariga aniqlik kiritib berish haqidagi daʼvo talabini IPKning 110-modasi 1-bandi asosida tugatish toʻgʻrisidagi xulosasi asosli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 279-moddasi birinchi qismiga koʻra, sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, mazkur holatda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlanganligi, ushbu holatlar isbotlanganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalar ish holatlariga muvofiq kelishi hamda moddiy va protsessual huquq normalar buzilmaganligini inobatga olib, sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirishga asoslar mavjud emas deb hisoblaydi va javobgar “Kdb” MChJning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati sud xarajatlarini muhokama qilib, quyidagi xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. IPKning 118-moddasi birinchi qismiga koʻra, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bogʻliq holda qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanishi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning ushbu talabidan kelib chiqib hamda apellatsiya shikoyati davlat boji toʻlovini kechiktirgan holda qabul qilingani uchun sudlov hayʼati javobgar “Kdb” MChJ hisobidan respublika budjetiga 16 200 000 soʻm davlat boji undirishni va oldindan toʻlangan 33 000 soʻm pochta xarajatini uning zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy sud Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi 4-xatboshida sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizada, “Kdb” MChJ va uning taʼsischilari “Mkt” MChJ hamda S.Sh.N. ish boʻyicha javobgarlar sifatida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarorida javobgarlar yaʼni, “Kdb” MChJ, “Mkt” MChJ hamda S.Sh.N. hisobidan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajatini undirish belgilangan, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng ijro varaqalari berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 48-moddasining birinchi qismida, yuridik shaxs oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob berishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ushbu Kodeksning 235-moddasining toʻrtinchi qismida, majburiyat unda taraflar sifatida qatnashmagan shaxslar (uchinchi shaxslar) uchun burchlar hosil qilmasligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, ushbu shartnomalarning tuzilishi natijasidan unda ishtirok etgan taraflar yaʼni, “Kdb” MChJ hamda “Mkt” MChJ manfaatdor boʻlib, ular oʻzaro huquq va majburiyatlarni olgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, birinchi instansiya sudi ushbu holatlarni inobatga olmay, javobgar S.Sh.N. hisobidan ham davlat boji undirish haqida asossiz xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 347-moddasi birinchi qismida, sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan, shuningdek oʻzgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan taraflarni chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning oʻrniga yangi ijro varaqasini berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarorining davlat bojiga oid xulosasi bilan kelishmaydi va xulosa qismini oʻzgartirishni lozim topib, 4-1102-2202/483-sonli ish boʻyicha Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2023-yil 25-aprelda berilgan javobgar S.Sh.N. hisobidan daʼvogar A.R.R. foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati undirish haqidagi ijro varaqasini chaqirib olishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Daʼvogar tomonidan 4-1102-2202/483-sonli va 4-1102-2202/635-sonli ishlar uchun respublika budjetiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati toʻlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 14-iyundagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan va oldindan toʻlangan sud xarajatlari uning zimmasida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, daʼvogar apellatsiya shikoyati bergan va 16 200 000 soʻm davlat boji va 21 600 soʻm pochta xarajatini toʻlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 16-avgustdagi qarori bilan daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilib, oldindan toʻlangan sud xarajatlari uning zimmasida qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan sud hujjatlaridan norozi boʻlib daʼvogar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va 16 200 000 soʻm davlat boji va 24 000 soʻm pochta xarajatini toʻlagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 25-oktabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasi sudlov hayʼatining qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan va ishni koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini undirish masalasini muhokama qilish haqida birinchi instansiya sudiga koʻrsatma berilgan. Garchi, birinchi instansiya sudi davlat bojini muhokama etgan boʻlsa-da, daʼvogar tomonidan toʻlangan sud xarajatlarini qayta taqsimlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 36-sonli “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandida, ish boʻyicha sud xarajatlarini nizoda nohaq boʻlib chiqqan taraf toʻlashi haqida koʻrsatma berilgani sababli sudlov hayʼati, ishni kassatsiya va apellatsiya instansiyalarida koʻrish uchun oldindan toʻlangan 32 400 000 soʻm davlat bojini javobgarlar “Kdb” MChJ va “Mkt” MChJ hisobidan daʼvogar A.R.R. foydasiga undirishni va ushbu instansiya sudlari uchun toʻlangan pochta xarajatini toʻliq daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sudlov hayʼati IPKning 68, 72, 118, 278 — 281-moddalari asosida qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 26-yanvardagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, “Kdb” MChJ tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining xulosa qismidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Javobgarlardan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji, 43 200 soʻm pochta xarajati undirilsin” jumlasi “Javobgarlar “Kdb” MChJ va “Mkt” MChJ hisobidan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji, 43 200 soʻm pochta xarajati undirilsin” jumlasiga oʻzgartirilsin. Hal qiluv qarorining xulosa qismi “Javobgarlar “Kdb” MChJ va “Mkt” MChJ hisobidan daʼvogar foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji undirilsin” jumlasi bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar “Kdb” MChJ hisobidan respublika budjetiga apellatsiya instansiyasi sudi uchun 16 200 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi javobgar SShN hisobidan daʼvogar ARR foydasiga 32 400 000 soʻm davlat boji va 43 200 soʻm pochta xarajati undirish haqidagi ijro varaqasi chaqirib olinsin hamda ijrosiz qaytarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror boʻyicha tegishli ijro varaqalari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi X. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari A. IBRAGIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1102-2202/483-son