13.10.2023 yildagi 4-1304-2302/2389-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyat sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrishda maʼruzachi sudya — O. Ergashev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — I. Umarov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati I. Umarov raisligida, hayʼat aʼzolari S. Quvvatov va M. Fayazovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi N. Bekamov kotibligida, daʼvogar X.Q.J tomonidan Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 10-avgustdagi hal qiluv qaroriga nisbatan berilgan apellatsiya shikoyatini “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki vakili N.R (2023-yil 6-sentabrdagi 03-19/269-sonli ishonchnomaga asosan)ning ishtirokida, Jizzax viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati binosida, ochiq sud majlisi muhokamasida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daʼvogar X.Q.J oʻgʻli javobgar U. B.Oga va qoʻshimcha javobgar “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati yagona taʼsischisining jamiyat ustav fondidagi 100 foiz ulushini X.Q.Jga mansubligi (tegishliligi)ni belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 10-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatida birinchi instansiya sudining 2023-yil 10-avgustdagi hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar X.Q.J sudga ariza bilan murojaat qilib, arizada maʼmuriy sudga berilgan shikoyat va iqtisodiy sudda koʻrilayotgan ish oʻzaro bogʻliqligi sababli apellatsiya instansiyasida ish yuritishni toʻxtatib turishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi muhokamasida ishtirok etgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki vakili tushuntirish berib, apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talabini qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda ogohlantirilgan boʻlsa-da, taraflar sud majlisida vakillari ishtirokini taʼminlamadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan apellatsiya shikoyati sudga elektron koʻrinishda taqdim etilgan. Sudning 2023-yil 12-sentabrdagi ajrimi bilan apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish 2023-yil 27-sentabr kuni soat 10-30 ga tayinlangan. Sudning 2023-yil 27-sentabrdagi ajrimi bilan sud majlisi muhokamasida taraflar ishtirokini taʼminlash uchun sud muhokamasi 2023-yil 6-oktabr kuni soat 10-00 ga qoldirilgan. Sudning 2023-yil 6-oktabrdagi ajrimi bilan sud muhokamasida taraflar ishtirokini taʼminlash uchun 2023-yil 13-oktabr kuni soat 10-00 ga qoldirilgan. Sudning ajrimlari daʼvogarga elektron tartibda yuborilgan boʻlib, biroq daʼvogar sud majlislarida ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini ularning ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank vakilining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, apellatsiya shikoyatini va ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan va sud muhokamasida aniqlanishicha, 2019-yil 10-dekabr kuni “Sh” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Sotuvchi) mulkdori R.D.Q. bilan “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari X.Q.J (Sotib oluvchi) oʻrtasida 1-sonli koʻchmas mulkni sotish shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga koʻra sotuvchi “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish yer uchastkasi va uskunalari bilan birgalikda, yaʼni “Sh” masʼuliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12000.0 kv.m, shundan “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotilayotgan qismi 11238.0 kv.m, qolgan 762 kv.m sotuvchining oʻzida qoladi, bino va inshootning umumiy maydoni 1648.71 kv.m, shundan “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sotayotgan qismi 1282.71 kv.m, qolgan 402.0 kv.m sotuvchining oʻzida qoladi, sotib oluvchiga mulk qilib topshirish, sotib oluvchi esa obyektni qabul qilish va mazkur shartnomada koʻrsatilgan bahosini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bahosi 7.000.000.000 soʻmni tashkil etib, hisob-kitob pul oʻtkazish yoʻli orqali shartnoma bahosining 100 foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaga ilova tariqasida 1 komplekt “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi va barcha asbob-uskunalari bilan, 1 komplekt avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shahobchasi, 1 komplekt avtomobillarni yuvish shahobchasi va 1 komplekt haydovchilar dam olish shahobchalari qoniqarli tarzda tavsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur koʻchmas mulkni sotib olish uchun aksiyadorlik tijorat “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Doʻstlik filiali (Bank) bilan “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Qarz oluvchi) oʻrtasida 2019-yil 20-dekabr kuni 813-sonli kredit shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unga koʻra “Bank” “Qarz oluvchi”ga yillik 26 foiz ustama toʻlash sharti bilan uch yil muddatga avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish kompressor stansiyasini sotib olish uchun 7.000.000.000 soʻm kredit ajratish, “Qarz oluvchi” esa kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan tartibda va muddatda qaytarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki (Ipotekaga oluvchi) bilan “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Qarz oluvchi va ipotekaga qoʻyuvchi) oʻrtasida 2020-yil 30-yanvar kuni kredit shartnomasi talablarini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida ipoteka shartnomasi tuzilgan. Ipoteka shartnomasiga koʻra, “Ipotekaga qoʻyuvchi” — “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 10.12.2019-yildagi 01-sonli koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga asosan tegishli boʻlgan, shartnoma Doʻstlik tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasida 28.01.2020-yilda YK-1708215/74866-son bilan yozilib, 13-05-03-03-03-0002 kadastr raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Jizzax viloyati Doʻstlik tumani Manas QFY M-39 Toshkent-Termiz avtomagistral yoʻli hududida joylashgan “Avtomobillarga siqilgan gaz toʻldirish kompressor stansiyasi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish” binosi garovga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan holatlarga koʻra, bank tomonidan kredit shartnomasi shartlariga koʻra “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 7.000.000.000 soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, X.Q.J.oʻgʻli bilan U.B.O oʻrtasida 2020-yil 24-dekabr kuni “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav fondidagi ulushini sotish shartnomasi tuzilib, ushbu shartnomaga koʻra jamiyat rahbari X.Q.J.oʻgʻli jamiyatning 7.000.000.000 soʻmni tashkil etadigan 100 foiz ulushini U.B.O.ga naqd pul shaklida sotish haqida kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu asosida “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati umumiy yigʻilishining 2020-yil 24-dekabrdagi 5-sonli bayonnomasi asosida yigʻilish raisi Q.X. va yigʻilish kotibi B.U. ishtirokida jamiyatning yangi raisini tayinlash va jamiyatni qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida yagona taʼsischi boʻlganligi sababli yigʻilish oʻtkazilib, yigʻilish qarori bilan jamiyatning yangi raisi U.B.O. tayinlangan va jamiyatni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uning zimmasiga yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, ushbu hujjatlar asosida 2020-yil 24-dekabr kuni “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati Doʻstlik tumani davlat xizmatlari markazidan qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan va jamiyat rahbari U.B.O hisoblanib, 100 foizga ulushga ega boʻlgan holda ustav miqdori 7.000.000.000 soʻmni tashkil etishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ustav jamgʻarmasi 2019-yil 10-dekabrdagi 1-sonli koʻchmas mulkni sotish shartnomasi bilan tegishli boʻlgan Doʻstlik tumani, “Manas” MFY M-39 “Toshkent-Termiz” milliy avtomagistralining 940 km.da joylashgan “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyasi va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish binosi uskunalari asosida koʻchmas mulkni sotish shartnomasida koʻrsatilgan 7.000.000.000 soʻm etib belgilangan va ushbu koʻchmas mulk bilan ustav fondi shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 24-dekabr kungi ustav fondidagi ulushni sotish shartnomasi tuzilayotgan vaqtda jamiyat ulushi sifatida shakllantirilgan 7.000.000.000 soʻmlik koʻchmas mulk obyektlari bank garovida boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi orqali sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 24-dekabr kungi ustav fondidagi ulushini sotish shartnomasini, jamiyatning 2020-yil 24-dekabrdagi № 5-sonli umumiy yigʻilish bayonnomasini, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatini qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi Doʻstlik tuman davlat xizmatlari markazining 3790890-sonli maʼlumotnomasini haqiqiy emas deb topish va haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 12-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 24-dekabr kungi ustav fondidagi ulushni sotish haqidagi oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan. Daʼvoning Doʻstlik tuman davlat xizmatlari markazining 3790890-sonli maʼlumotnomasini haqiqiy emas deb topishlik haqidagi talabi sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli ish yuritishdan tugatilgan. Daʼvo talabining qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning mazkur hal qiluv qaroriga asosan X.Q.J.oʻgʻli bilan U.B.O. oʻrtasida tuzilgan 2020-yil 24-dekabrdagi oldi-sotdi shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa-da, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 100 foiz ulushi B. tomonidan Q.X.ga qaytarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, daʼvogar X.Q.J.oʻgʻli sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati yagona taʼsischisining jamiyat ustav fondidagi 100 foiz ulushini X.Q.J.oʻgʻliga mansubligi (tegishliligi)ni belgilab berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi mazmuniga koʻra, jamiyatning taʼsis shartnomasi va ustavi jamiyat taʼsis hujjatlari deb hisoblanadi, agar jamiyat bir shaxs tomonidan taʼsis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav jamiyatning taʼsis hujjati hisoblanadi, jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi, jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak, jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uchinchi shaxslar uchun kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish uchun jamiyatning 2020-yil 24-dekabrdagi 5-sonli umumiy yigʻilish qarori asos boʻlgan va jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X.Q.J.oʻgʻlining “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 24-dekabrdagi 5-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvosi Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 6-apreldagi hal qiluv qarori bilan qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 24-dekabrdagi 5-sonli umumiy yigʻilish qarori bugungi kunda oʻz kuchida boʻlib, ushbu yigʻilish qarori asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan jamiyatning taʼsis hujjatlariga koʻra jamiyat taʼsischisi bugungi kunda U.B.O. hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois birinchi instansiya sudi “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyati yagona taʼsischisining jamiyat ustav fondidagi 100 foiz ulushini X.Q.J.oʻgʻliga mansubligi (tegishliligi)ni belgilab berish toʻgʻrisidagi daʼvogarning daʼvosini asossiz deb hisoblab, uni qanoatlantirishni rad etishni lozim deb topgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 73-moddasi ikkinchi qismiga koʻra, iqtisodiy sudning ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni koʻrayotganida yangidan isbot qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, “Q-X” masʼuliyati cheklangan jamiyatining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi holati vakolatli organ tomonidan bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 68-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 72-moddasiga koʻra, qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati daʼvogarning apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlari bilan kelishib boʻlmaydi deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati daʼvogar X.Q.J.oʻgʻlining apellatsiya instansiyasida ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizasi asoslantirilmaganligi sababli uni qanoatlantirishni rad etishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi nizoni hal etishda ishdagi dalillarni inobatga olib, moddiy va protsessual huquq normalarga asoslangan holda daʼvogarning daʼvo arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida asosli va qonuniy toʻxtamga kelgan. Shu bois, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar bilan kelishib boʻlmaydi va uni qanoatlantirishni rad etish lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 278-moddasi birinchi bandiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli. Ushbu holda hal qiluv qarori qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi sababli, sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirishga asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga koʻra, sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy yoki protsessual huquq normalari buzilmaganligini eʼtiborga olib, sudning hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas deb hisoblab, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan, sudning 2023-yil 10-avgustdagi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq oldindan toʻlangan 1.650.000 soʻm davlat bojini va 33.000 soʻm pochta xarajatini daʼvogar zimmasida qoldirishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 260, 274, 276, 278 va 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar X.Q.J.oʻgʻlining apellatsiya instansiyasida ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doʻstlik tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 10-avgustdagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz, X.Q.J.oʻgʻlining apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ustidan bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi I. UMAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar S. QUVVATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. FAYAZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax sh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1304-2302/2389-son