1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish, bojxona va yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda bojxona organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, globallashuv jarayonlarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmlari ortib borayotganligi, transchegaraviy elektron savdoning rivojlanish omillari sohani toʻliq raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilashni hamda ushbu sohada korrupsiya omillariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi maxsus tartibga koʻra yetkazib beriladigan isteʼmolchi korxonalar roʻyxatiga bojxona organlarini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
invoys asosida eksport qilishda oldindan toʻlovni 100 foizdan 50 foizga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojxona hududidan eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda shartnoma boʻyicha xorijiy hamkor mamlakat oʻzgarishi bilan bogʻliq qoʻshimchalarni bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etish talabini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida tashqi savdo shartnomalari maʼlumotlariga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish kiritish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
560-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi maxsus tartibga koʻra yetkazib beriladigan isteʼmolchi korxonalar roʻyxatining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boʻlinmalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatining I-boʻlimi 3-bandidagi “Transport” soʻzi “Tovarning kuzatuv” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 104-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “vazirliklar va idoralarining” soʻzlari “vazirlik va idoralar, shu jumladan, Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Akademiyaga sirtqi taʼlim shakliga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-bandning uchinchi xatboshisi “Milliy gvardiya” soʻzlaridan keyin “va bojxona organlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bandning birinchi xatboshisi “Milliy gvardiya” soʻzlaridan keyin “hamda bojxona organlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 18-bandning oltinchi xatboshisidagi “xizmatchilarning va ichki ishlar” soʻzlari “xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilovaning IV boʻlimi 5-bandidagi “xizmatchilarning va ichki ishlar” soʻzlari “xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlari xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun Universitet bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2-bob quyidagi mazmundagi 465 va 466-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“465. Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlari farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz (kirish imtihonlarisiz) qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
466. Bojxona organlari xodimlarining farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Universitetga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi boʻyicha tanlov asosida qabul qilinadi hamda oʻrinlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, abituriyent kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida oʻttiz foizini toʻplagan taqdirda, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan ikki foizli davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining bojxona instituti bakalavriati va magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Institut bakalavriatiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlariga Institutga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Institut bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos keluvchi test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlari majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, test sinovlari oʻtkaziladigan majburiy imtihon fanlari majmuasi Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlari topshiriladigan imtihon fanlari boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun ajratiladigan ballar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Bilim va malakalarni baholash agentligi) qabul jarayoni boʻyicha “Abitur” bazasini shakllantirish maqsadida, hududiy bojxona boshqarmalari ishchi guruhlari dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning maʼlumoti toʻgʻrisida (11-sinf negizidagi umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va kasb-hunar (boshlangʻich professional) taʼlim) hujjatlarining asli, oʻqishga imtiyozli kirish uchun harbiy qismlardan berilgan tavsiyanomaning asli (harbiy guvohnomasi bilan birga), mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatining asli hamda mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan maʼlumotni toʻldirib, ularning nusxasi va ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan arizalar nusxasi bilan birgalikda Qabul komissiyasiga qabul yilining 20-may kuniga qadar yetkazishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul yilida 11-sinf negizidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim muassasalarini tamomlagan nomzodlarning maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar aslini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar Qabul komissiyasiga yetkazishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovlariga tavsiya etilgan nomzodlar, shuningdek, ularning mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan imtiyozlari (agarda mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar qabul yilining 1-iyuliga qadar Qabul komissiyasi tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus onlayn dasturiga kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-banddagi “oʻrta maxsus va kasb-hunar” soʻzlari “umumiy oʻrta va oʻrta maxsus hamda professional” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-banddagi “Davlat test markaziga” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” va “Davlat test markaziga” soʻzlari tegishlicha “Raqamli texnologiyalar” va “Bilim va malakalarni baholash agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“55. Bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlari oʻtkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarining mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlarini oʻtkazish jarayonida nomzodlar, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari va guruh nazoratchilarini yetarli miqdorda ichimlik suvi, havorang pastali sharikli ruchkalar bilan taʼminlash uchun mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kelishuv asosida jalb qilingan taʼlim muassasalari mutaxassislari mehnatiga soatbay haq toʻlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“56. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida boshqa chet tili (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, yapon tillari) topshiriladigan koʻp balli tizim boʻyicha imtihonlar oʻrniga test sinovlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqorida qayd etilmagan chet tillarda imtihon topshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan oʻtkazilgan imtihon mazkur Nizomning 14-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga asosan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida chet tili fanidan test sinovlaridan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshirgan nomzodlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot qabul yilining 1-iyuliga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligiga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Bakalavriatga qabul qilish jarayonida nomzodlarga imtiyozlarni qoʻllashda Institut oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasasi deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul kvotasidan tashqari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalariga muvofiq, Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasiga ega boʻlgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga Institutga belgilangan umumiy qabul oʻrinlari doirasida ikki foizli kvota ajratiladi va dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chogʻida yaradorlik, kontuziya, shikast olish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining (Milliy gvardiya xodimlarining) hamda xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogironligi boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlarining farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlov natijalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarisiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar va bojxona organlari amaldagi xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh va ikki foizli kvotalar doirasida Institutga qabul qilishda oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kasbiy tanlov natijalari teng boʻlgan hamda ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalari boʻyicha oxirgi oʻrinni egallashga daʼvogarlar orasida kasbiy tanlov bosqichining yakka tartibdagi yakuniy suhbat tadbirida eng yuqori natijaga ega boʻlgan nomzod mazkur imtiyozli oʻringa oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan besh va ikki foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga nomzodlar qabuli uchun umumiy oʻrinlar soni tarkibida imtiyozli kvotalar doirasida vazirlik va idoralarga ajratiladigan oʻrinlar sonini belgilashda oʻrta arifmetik hisoblashdan foydalaniladi va quyidagilarga amal qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,5 — 0,99 oraligʻini tashkil etsa, yaxlitlangan holda 1 ta qoʻshimcha oʻrin ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun raqamdan keyingi raqamlar 0,01 — 0,49 oraligʻini tashkil etsa, yaxlitlangan holda qoʻshimcha oʻrin ajratilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“64. Qonunchilikda belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar roʻyxati mazkur tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul yilining 4-iyuligacha ular boʻyicha alohida qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-band birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-banddagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” va “Davlat test markazi” soʻzlari tegishlicha “Bojxona qoʻmitasining” va “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi “kasb-hunar” soʻzlari “boshlangʻich professional” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15, 16-bandlari va ilovalardagi “Davlat test markazi” soʻzlari “Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-ilovadagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” va “muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi” soʻzlari tegishlicha “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” va “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-ilova nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova nomidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Institut magistraturasiga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Butlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) raisining Institutga qabul oʻrinlarini ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasining” va “magistratura taʼlim yoʻnalishida” soʻzlari tegishlicha “Bojxona qoʻmitasining” va “magistraturada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda nomzodlar tomonidan xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha taqdim etiladigan sertifikatlar Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan bu turdagi sertifikatlarga qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning intellektual salohiyati, bojxona sohasidagi amaliy koʻnikmalarini xolisona baholashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy tanlov qabul yilining 10-iyulidan 25-iyuligacha boʻlgan muddatda mutaxassislik fanlari boʻyicha yozma imtihon (kamida 2 ta fandan) shaklda oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-banddagi “Chet tili va mutaxassislik” soʻzlari “Mutaxassislik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-banddagi “Institutning magistratura taʼlim yoʻnalishiga” soʻzlari “Institut magistraturasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bandda “Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi” soʻzlari “Bojxona qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42. Magistraturaga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha yozma imtihon savollari har bir mutaxassislik boʻyicha ekspertlar guruhi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Savollarni tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollar nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, bojxonaga oid iqtisodiy-huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek, qoʻyilgan muammolar boʻyicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilgan boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollar tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek, tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollar mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollar loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek, ular qonunchilik hujjatlarida va fanda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savollar umumiy qabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq adabiy tilda va iqtisodiy hamda yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“85. Maxsus komissiya raisi tekshirish va baholarni qoʻyish maqsadida imtihon natijalari yozilgan daftarlarni bojxona ishi va yurisprudensiya sohasidagi malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi hamda ular tomonidan imtixon natijalari tekshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-banddagi “5 va 6-ilovalarida” soʻzlari “5-ilovada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“110. Nomzodlarning kasbiy tanlovda mutaxassislik fanlaridan imtihonda olgan ballari asosida eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida 8-ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi hamda Institutga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilishga asos boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovadagi “Chet tilidan imtihonni ________ tili boʻyicha topshiraman” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona postlari xizmat itlarini kunlik ovqatlantirish uchun kompensatsiya toʻlovlari stavkalarining izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bojxona postlaridagi xizmat itlari hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan markazlashgan tartibda tayyor quruq ozuqa bilan taʼminlanishi mumkin. Bunda xizmat itlariga kunlik oziqlantirish uchun kompensatsiya toʻlovlari toʻlanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “100” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-maydagi 283-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning yigirma uchinchi xatboshi “reeksport” soʻzidan keyin “(shu jumladan, yetarli darajada qayta ishlangan tovarlarni eksport)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublikaga tovarlarni olib kirish nazarda tutilgan kontraktlarga yoki invoyslarga qoʻshimchalar kiritilib, ularga muvofiq xorijiy hamkor mamlakat Erkin savdo rejimini yaratgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi bitimlar imzolangan davlatlar roʻyxatida qayd etilgan davlatdan ushbu roʻyxatda keltirilmagan boshqa davlatga oʻzgargan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ushbu qoʻshimchalar haqidagi maʼlumotlar TSOYAEATga kiritilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida kontrakt boʻyicha toʻlov amalga oshirilmagan qismi doirasida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan soʻnggi bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga murojaat etishlari shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda ushbu kontraktlar boʻyicha mablagʻlar (moliyaviy tranzaksiyalar) bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “kundan boshlab 1 kun ichida” soʻzlari “oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur band talablariga rioya qilmaslik hamda TSOYAEATda shartnoma maʼlumotlarini notoʻgʻri shakllantirish eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish sifatida baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashqi savdo kontraktlarining shartlariga, shu jumladan, tovarlar qismiga qoʻshimcha kelishuvlarsiz oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi. Bundan, TSOYAEATda kontrakt maʼlumotlarini notoʻgʻri shakllantirilganlik holatlari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunday holatda, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan notoʻgʻri shakllantirilgan maʼlumotlar toʻgʻrilanib, kontraktlar kabi TSOYAEATga kiritiladi. Notoʻgʻri shakllantirilgan maʼlumotlar tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiritilayotgan oʻzgartirishlarning kontrakt ijrosida amalga oshirilgan toʻlovlarga taʼsiri tijorat banklari tomonidan, rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga taʼsiri davlat bojxona xizmati organlari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu oʻzgartirishlarning kiritilishi kontrakt ijrosida muqaddam rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari maʼlumotlarini oʻzgartirish zaruratini keltirib chiqargan taqdirda, bojxona yuk deklaratsiyalari belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta rasmiylashtirilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“toʻliq” soʻzi “50 foiz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga — zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda, maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandning ikkinchi xatboshisi “reeksport” soʻzidan keyin “(shu jumladan, eksport)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Nizomga 2-ilovaning 2-bosqichidagi “Muddatlar” ustunidagi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Guvohnomaning quyidagi uch turi mavjud:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda — bojxona va xavfsizlik masalalarida operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Guvohnoma yuridik shaxs reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil muddatda amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs operatorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy avval bojxona organlariga mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddat ichida murojaat qilmaslik, shu muddat tugagach guvohnomaning amalda bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 7-bandning birinchi xatboshisi “sxemaga muvofiq” soʻzlaridan keyin “elektron tarzda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddalarining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning masʼul xodimi bojxona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 2 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar har yili tovarlarning faktura qiymati kamida 10 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 mln kg miqdordagi tovarlar saqlovini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar, har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri uchun — bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import)/eksport bojxona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchilar uchun — yuridik shaxs tashkil etilganligi haqida guvohnoma berilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs mazkur Nizomning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mezonlarga, shuningdek, quyidagilarga mos kelishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning masʼul xodimi bojxona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojxona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb, bojxona organlariga erkin muomalaga chiqarish import/eksport bojxona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan birinchi bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan mezonlarga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Operator ushbu Nizomning 10 — 12-bandlarida keltirilgan mezonlarga mosligi boʻyicha maʼlumotlarni kalendar yilda bir marta elektron shaklda bojxona organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yillik muddatning boshlanish sanasi operatorlik guvohnomasi berilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxs reyestrga kiritish uchun bojxona organiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv xizmat orqali elektron ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisida ariza berilgan sanada va ushbu arizani koʻrib chiqish davrida qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga rahbar, bosh buxgalter va vakolatli shaxsning ish joyini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator maqomini olish uchun bojxona organlariga murojaat qilingan kunda yoki arizani koʻrib chiqish davomida tashkilotga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan, surishtiruv va tergov organlari tomonidan maʼmuriy yoki jinoiy ish yuritilgan holatlarda arizani koʻrib chiqish sud yoki tergov organining yakuniy qarori qabul qilunguniga qadar vaqtincha toʻxtatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Quyidagi mazmundagi 161-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“161. Qoʻmita quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza ushbu Nizomning 29-bandi uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran 3 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaxsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan eʼtiboran 5 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Qoʻmita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaxsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani yozma yoki elektron tarzda yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Birinchi turdagi guvohnoma operatorga” soʻzlari “Bojxona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“chet el tovarlari tashilayotganda bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamaslik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaxsga quyidagi maxsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, xavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojxona nazorati ostida (sariq va yashil yoʻlakda — videokuzatuv tizimi ostida, qizil yoʻlakda bojxona xodimi ishtirokida) joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan bogʻliq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona koʻrigini birinchi navbatda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, bojxona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oltmish ish kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojxona qiymatini shartli ravishda aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash orqali shartli chiqarib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat muassasalari bilan operatorlarni oʻzaro tan olish va maxsus soddalashtirishlarni birgalikda qoʻllashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun bojxona xizmati organlarining masʼul xodimi (keyingi oʻrinlarda — koordinator) koʻmagidan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan maxsus soddalashtirishlar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq operatorlarga xorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan imtiyozlar va maxsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorning yozma murojaatiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovaga muvofiq tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) qoʻyilgan talablarga rioya qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddalarining birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsini maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud qarori kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnomada belgilangan muddatda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 10-bandi oltinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan faoliyat koʻrsatkichlari kamayganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar oʻzgarganda va (yoki) amal qilish muddati tugagan holda bojxona organlarini 15 kun ichida xabardor qilinmaganligi maʼlum boʻlganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, mazkur Nizomning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandi oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati bir yilni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar boʻlgan davrni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandi sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati oʻttiz ish kunini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatda — toʻxtatib turish muddati 10-bandi oltinchi va 11-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9-bob. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish va bekor qilish asoslari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“29. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish yoki bekor qilishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorning oʻz xohishi bilan reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buxgalteri yoxud vakolatli shaxsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 24-bandi toʻqqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar oʻttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator maqomini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 24-bandi oʻninchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻxtatib turish asoslari bartaraf etilganligi haqida hududiy bojxona boshqarmasiga xabarnoma yubormasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib xizmat qilgan ishonchsiz maʼlumotlar asosida berilgani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator tomonidan ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Bojxona yigʻimi turi” ustuni 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning BYDga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish boʻyicha murojaatiga asosan BYDni oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimcha kiritish uchun (qogʻoz shakldagi BYDda bir dona BYD, elektron shakldagi BYDda bir dona BYDni tuzatish shakli uchun)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan*** tashqari va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi uchun (“eksport” bojxona rejimi va “reeksport” bojxona rejimida olib chiqiladigan qayta ishlash mahsulotlari hamda bojxona axborot tizimi orqali avtomatlashtirilgan tartibda rasmiylashtiruvdan oʻtkazilgan BYDlar bundan mustasno):
”;
a) bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar****, dam olish va bayram kunlari (har bir BYD uchun);
BHMning 2 baravari
b) bojxona organi xodimi tomonidan (uning ishtirokida) istalgan bojxona nazorati davomida bojxona koʻrigini, bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni, yuk operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarni bajarganligi (bir soatlik ish uchun)*****:
bojxona organlari ish vaqtida;
BHMning 25 foizi,
bojxona organlari ish vaqtidan tashqari vaqtlar, dam olish va bayram kunlari.
BHMning 2 baravari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
6.
Bojxona organlari tomonidan tovar boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun:
BHMning75 foizi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 7-bandning “Yigʻim stavkalari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun BHMning 1 baravari miqdorida********”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) izoh qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“**** bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYD rasmiylashtirganligi BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektining bojxona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 861 va 862-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
861.
8418402009
Qon plazmasini shokli muzlatish uchun uskunalar
862.
8418408009
Inson qon plazmasini saqlash uchun muzlatish kamerasi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 6772-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
6772.
9405190039
Issiqxonalarda foydalanish uchun natriy gazrazryadli, quvvati 750 Vt va undan yuqori boʻlgan lampali elektr yoritish uskunasi
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) izoh qismining birinchi xatboshisidagi “TIF TN kodlari” soʻzlari “TIF TN kodi va nomlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyuldagi 429-son qarorining 2-bandi yettinchi xatboshisi “reeksport” soʻzidan keyin “(shu jumladan, eksport)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 561-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“561. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatlarini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlari Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya OHTMga belgilangan qabul kvotalaridan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyasi OHTMga Bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida qabul qilinadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son qarori bilan tasdiqlangan Hududlarda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi”ning 76-pozitsiyasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Sarf etiladigan mablagʻ va moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Bojxona qoʻmitasi mablagʻlari” soʻzlari “mahalliy budjet mablagʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Masʼullar” ustunining “vazirlik va idoralar” kichik ustunidagi “Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 30-bandidagi “bojxona yuk deklaratsiyasida” soʻzlari “tranzit deklaratsiyasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovaning 11-12-bandlari 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)