04.09.2023 yildagi 3484-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining 2023-yilning sakkiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yilning sakkiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, tibbiyot tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek sohani bugungi kun talablari darajasida taraqqiy ettirishga qaratilgan tadbirlarni huquqiy jihatdan taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyatda oʻzi masʼul boʻlgan “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi hamda “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijro etilish holatini oʻrganish, tegishli masalalar boʻyicha davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlarining ijrosini monitoring qilish yuzasidan 5 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ularda Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlarining joriy etilishi, Samarqand va Jizzax viloyatlarida aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishi holati, Andijon va Fargʻona viloyatlarida farmatsevtika faoliyati, xususan, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va dorixonalar faoliyati bilan bogʻliq masalalar atroflicha oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qoʻmita majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktorining “Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish, aholiga sifatli dori vositalarini yetkazib berish, farmatsevtika tarmogʻidagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita hamda Oʻzbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziriga “Mamlakatimizda tibbiy xizmatlar koʻrsatish sohasida integratsiyalashgan axborot tizimlari va davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan tashkiliy-amaliy tadbirlar doirasida 5 ta davra suhbati hamda 1 ta seminar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganish, aholini qiynab kelayotgan masalalarni hal etish borasida taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish Qoʻmita faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Oʻtgan davr mobaynida Qoʻmitaga kelib tushgan 238 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, fuqarolarning huquq va manfaatlari taʼminlanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, nazorat-tahlil tadbirlarining natijalari haqida fuqarolarni keng xabardor qilish maqsadida Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida izchil yoritib borishga alohida eʼtibor qaratilgan. Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 1 487 ta chiqish tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan qator masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonun ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish, Qoʻmita aʼzolarining qonun tashabbuskorligini kuchaytirish, bunda Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi salohiyatidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning nazorat-tahlil tadbirlarini hududlarda mutasaddilar, mutaxassislar va keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etishga eʼtiborni kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrgangan holda doimiy ravishda monitoring qilib borish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining 2023-yilning sakkiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun tashabbuskorligi borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish hamda qonun loyihalarini maromiga yetkazishda jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalardan kengroq foydalanishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlarini va ularning natijalariga bagʻishlangan muhokamalarni asosan hududlarda tashkil etish, shuningdek oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarda koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, koʻtarilgan masalalarni yechish borasida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini, oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish maqsadida Qoʻmita faoliyati ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3484-IV-son