Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi QL-940-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”)
(“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 1-avgustda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi QL-940-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-sentabr,
3479-IV-son