Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mazkur Qonun yuzasidan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmagan taqdirda, Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Cpikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-sentabr,
3503-IV-son