Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2024 17.10.2023 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2024
Hujjat 20.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli ““Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan, huquqiy va maʼnaviy-psixologik qoʻllab-quvvatlashga ehtiyoji boʻlgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarga davlat tomonidan manzilli koʻmaklashish boʻyicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tezkor va soddalashtirilgan tartibda hal etish hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarga kechiktirib boʻlmaydigan hollarda zudlik bilan yordam koʻrsatish zarurati yuzaga kelganda, bir martalik moddiy yordamni fuqarolar yigʻinlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda taqdim etilgan xulosaga asosan bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda tuman (shahar) hokimlariga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish vakolatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 547-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartibning 15-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) fuqarolar yigʻinlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda, oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, jumladan, ogʻir ahvoldagi kasallarni davolash, jarrohlik amaliyotini oʻtkazish, zarur dori-darmonlarni xarid qilish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida uy-joyidan ayrilib qolgan oilalarga yashash uchun zarur boshpana qilib berish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarning farzandlariga maktabga borishiga zarur kiyim-bosh sotib olish uchun zudlik bilan yordam koʻrsatish lozimligi toʻgʻrisida xulosaga kelingan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami koʻrsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari koʻrsatilgan roʻyxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda fuqarolar yigʻinlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish lozimligi toʻgʻrisidagi xulosaga asosan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi. Hokimlarning mazkur qarorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining navbatdagi sessiyasida tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b1” kichik band “har oyning 5 sanasiga qadar” soʻzlaridan keyin “, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish lozimligi toʻgʻrisidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band “har oyning 5 — 27-kunlarida” soʻzlaridan keyin “, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib boʻlmaydigan hollarda zudlik bilan yordam koʻrsatish lozimligi toʻgʻrisidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) miqyosida — xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda — tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/547/0792-son)