Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi QL-940-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”)
(“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi QL-940-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-sentabr,
3487-IV-son