Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 8-noyabrda qabul qilingan va 2023-yil 24-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-sentabr,
3486-IV-son