Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
QL-1045 va QL-1046-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1045-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1046-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-sentabr,
3523-IV-son