Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2152-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyuldagi 312-son “Davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etishda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining boshlangʻich qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-oktabr,
01/13-13-12/833-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2023-yil 5-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 5-oktabrdagi 01/13-13-12/833-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 12-oktabrdagi 01/11-18/08-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori (roʻyxat raqami 2152, 2010-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 412-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 17-fevraldagi 01/11-18/05-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” qarori (roʻyxat raqami 2152-1, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 97-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 31-dekabrdagi 01/13-26/26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida” qarori (roʻyxat raqami 2152-2, 2014-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 37-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 24-iyundagi 01/13-26/16-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida” qarori (roʻyxat raqami 2152-3, 2015-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 343-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 01/11-10/20-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori (roʻyxat raqami 2152-4, 2017-yil 11-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1007-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 30-iyundagi 01/11-16/06-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi buyurtmalariga asosan baholash obyektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar xizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” buyrugʻi (roʻyxat raqami 2152-5, 2020-yil 30-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 10/20/2152-5/1338-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 10/23/2152-6/0771-son)