Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2872-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 24-fevraldagi 2-mh, 80-son “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2872, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 212-modda;);
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 29-mh-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 11-oktabrdagi 28-son “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2872-1, 2021-yil 11-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2021-y., 10/21/2872-1/1040-son).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
Toshkent sh.,
2023-yil 23-sentabr,
5-mh-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-sentabr,
37-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 5-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri O. NAZARBEKOV
2023-yil 29-avgust
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 29-avgust
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2023-yil 26-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 7-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A. IKRAMOV
2023-yil 28-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2023-yil 25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
2023-yil 29-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2023-yil 14-sentabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 10/23/2872-2/0760-son)