Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2333-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 2-martdagi 53-mh-son “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-sentabr,
12-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-sentabrdagi 12-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining Umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-ilovada:
a) 01.00.00.00 KONSTITUTSSIYAVIY TUZUM boʻlimida:
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“01.05.14.00 Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishi
01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi
01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
01.06.11.00 Himoya orderi”;
01.07.02.00 Markaziy saylov komissiyasi. Referendum oʻtkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari”;
“01.07.02.00 Saylovlar. Saylov tizimi” kodidagi “01.07.02.00” raqamlari “01.07.03.00” raqamlari bilan almashtirilsin;
“01.07.03.00 Markaziy saylov komissiyasi. Okrug va uchastka saylov komissiyalari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari”;
b) 02.00.00.00 DAVLAT BOShQARUVI ASOSLARI boʻlimida:
“02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” bobi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari”
“02.03.03.00 Davlat qoʻmitalari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“02.03.03.00 Qoʻmitalar”
quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“02.09.00.00 Davlat fuqarolik xizmati”;
d) 06.00.00.00 IJTIMOIY TAʼMINOT VA IJTIMOIY SUGʻURTA TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. IJTIMOIY HIMOYA boʻlimidagi “06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar va boshqa toifadagi fuqarolarga moddiy yordam” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish”;
e) 07.00.00.00 MOLIYA VA KREDIT TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIK. BANK FAOLIYATI boʻlimida:
“07.07.01.00 Budjetning boshqa turlari” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“07.07.01.00 Konsolidatsiyalangan budjet. Tashabbusli budjet. Budjetning boshqa turlari”;
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar
07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari
07.29.08.00 Budjet hisobi standartlari”;
f) 09.00.00.00 TADBIRKORLIK VA XOʻJALIK FAOLIYATI boʻlimi quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari”;
g) 12.00.00.00 AXBOROT VA AXBOROTLAShTIRISh boʻlimida:
“12.03.06.00 Fuqarolar haqida axborot (shaxsiy maʼlumotlar)” kodi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi”
quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“12.03.10.00 Jurnalistlik faoliyat
12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish”;
h) 13.00.00.00 TAʼLIM. FAN. MADANIYAT boʻlimi quyidagi mazmundagi kod bilan toʻldirilsin:
“13.02.12.00 Innovatsiya. Innovatsion faoliyat. Innovatsion infratuzilma”;
i) 18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YuRIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI. FHDY ORGANLARI boʻlimi quyidagi mazmundagi kodlar bilan toʻldirilsin:
“18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi
18.05.02.00 Adliya organlari huzuridagi tashkilotlar
18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar
18.05.04.00 Personallashtirish”;
j) 21.00.00.00 OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh BOʻYIChA KOMPLEKS TUSDAGI HUJJATLAR boʻlimi quyidagi mazmundagi bob bilan toʻldirilsin:
“21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar”.
2. 2-ilovada:
2-banddagi “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish taʼsirini baholash va huquqiy axborot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
9-banddagi “Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash” degan soʻzlar “Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish taʼsirini baholash va huquqiy axborot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 10/23/2333-4/0746-son)