Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib borish, ijtimoiy sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarorida:
Agentlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda Agentlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtirilishi;
Markaz va Institut xodimlariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining tuzilmasi 1-ilovaga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik direktoriga Institut va Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
Institut aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ijtimoiy himoyaga muhtojlikning birlamchi sabablarini tahlil qilish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan samarali va istiqbolli takliflar ishlab chiqish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan hamda monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari malakasini oshirish uchun hamda oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha davlat muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Institut va Markazning shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qaroriga asosan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilishi munosabati bilan boʻshagan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-oktabrdagi 539-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2023-y., 09/23/539/0785-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz tomonidan oʻquv jarayoniga professor-oʻqituvchilarni hamda soha boʻyicha mutaxassislarni mehnatga soatbay (kunbay, ishbay) haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb etilishi mumkin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
Markaz va Institutning xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan koʻp boʻlmagan shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
a) Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
b) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro grantlar, shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Belgilansinki:
a) 2024-yil 1-apreldan boshlab, Markazda:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik va idoralarning Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlaridagi xodimlari uchun uch yilda kamida bir marta mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining uch baravarigacha boʻlgan miqdordagi toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan toʻlov-shartnoma asosida 30 soatgacha boʻlgan ishdan ajralgan yoki ishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) shakldagi majburiy malaka oshirish kurslari;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
oilaviy bolalar uylarini tashkil etish uchun tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi;
b) Institutga 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini hamda Markazga jami 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Institut va Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Nurxon koʻchasi, 21-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-sentabr,
518-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish institutining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy kengash |
Direktor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy-metodik ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari |
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ijtimoiy tadqiqotlar boʻlimi 3 |
Buxgalter |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Dasturiy tadqiqotlar boʻlimi 4 |
Bosh yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Tahririyat noshirlik boʻlimi 2 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Izohlar.
1. Institut xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 14 nafar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori bilan kelishilgan holda, qoʻshimcha ravishda mutaxassislar va ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarga jalb etilishi mumkin.
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazining tashkiliy
TUZILMASI
Ilmiy kengash | Direktor | ||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻquv va metodik jarayonlarni tashkil etish boʻyicha direktor oʻrinbosari | Ijro intizomi — devonxona va umumiy nazorat katta inspektori** | ||||||||||||||||||||||||||||||
Taʼlim jarayonlarini tashkil qilish va nazorat qilish boshqarmasi 3 | Bosh yuriskonsult** | ||||||||||||||||||||||||||||||
Taʼlim dasturlar va normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqish boʻlimi 4 | Buxgalter** | ||||||||||||||||||||||||||||||
Keys-menejmentni tashkil qilish va monitoring qilish boʻlimi 4 | Kadrlar bilan ishlash boʻyicha katta inspektor** | ||||||||||||||||||||||||||||||
Ijtimoiy ish kafedrasi* 4 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish boʻlimi 2 | ||||||||||||||||||||||||||||||
Izohlar.
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bundan mustasno) — 23 nafar.
* Mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha kafedra mudiri boʻlim boshligʻiga, professor-oʻqituvchilar bosh mutaxassisga tenglashtiriladi.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi. Bunda, ularning ish haqini hisoblash yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarif koeffitsiyentini 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
** Masʼul xodimlar shtat birliklari soni bir nafardan iborat boʻlganda mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha boʻlim boshligʻiga tenglashtiriladi.
Professor-oʻqituvchilar soni malaka oshiruvchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)