29.09.2023 yildagi 516-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.03.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni taʼminlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning taʼlim olishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratish hamda ularni ilm-fanga faol jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha milliy dasturda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladilar hamda ularning xarajatlari toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) boʻyicha taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida taʼlim olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida kollej va texnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10 va 11-sinf bitiruvchilari oʻrtasida kasbga (mutaxassislikka) yoʻnaltirish ishlarini doimiy ravishda tashkil etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) boʻyicha taʼlim oladigan xotin-qizlarni davlat granti asosida oʻqitish xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar boʻlgan vazirlik va idoralarga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
516-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-sentabrdagi 516-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) boʻyicha taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida taʼlim olish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi (keyingi oʻrinlarda — tegishli yoʻnalishlar) kasb (mutaxassislik) boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlarni davlat granti asosida oʻqitish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kollej va texnikumlarga oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun talab etiladigan davlat granti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat granti asosida kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlar mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat granti asosida kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kollej va texnikumlarga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha hujjat topshirgan xotin-qizlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kollej va texnikumlarga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlar oʻquv yilining 10-oktabriga qadar ushbu kollej yoki texnikum direktori nomiga davlat granti asosida oʻqish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Arizalar taalluqliligi boʻyicha kollej va texnikumlar tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda umumlashtirilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy boʻlinmalar har yili 15-oktabrga qadar umumlashtirilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi har yili 20-oktabrga qadar umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida davlat granti asosida oʻqish uchun ariza bilan murojaat qilgan xotin-qizlar roʻyxatini taalluqliligi boʻyicha tizimida kollej va texnikumlar boʻlgan vazirlik va idoralarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida tegishli yoʻnalishlarga qabul qilingan xotin-qizlarning davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun zarur mablagʻ ajratish yuzasidan har yili 25-oktabrga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vazirlik va idoralarning murojaatlari asosida 5 ish kuni ichida tegishli mablagʻlarni mazkur vazirlik va idoralarga ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kollej va texnikumlar direktorlari 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) boʻyicha taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida taʼlim olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosida kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Kollej (texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganda davlat granti asosida oʻqish uchun kollej (texnikum) direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Har yili 10-oktabrga qadar

2-bosqich

Kollej (texnikum) direktori

Arizalarni koʻrib chiqadi va umumlashtirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari (hududiy boʻlinmalar)ga taqdim etadi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Hududiy boʻlinmalar

Umumlashtirilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

Har yili 15-oktabrga qadar

4-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida xotin-qizlarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi va taalluqliligi boʻyicha tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralarga yuboradi.

Har yili 20-oktabrga qadar

5-bosqich

Tizimida kollej (texnikum) boʻlgan vazirlik va idoralar

Taqdim qilingan roʻyxat asosida tegishli yoʻnalishlarga qabul qilingan xotin-qizlarni davlat granti asosida taʼlim olishlari uchun zarur mablagʻ ajratish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Har yili 25-oktabrga qadar

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlik va idoralarning murojaatlari asosida ularga tegishli mablagʻlar ajratilishini taʼminlaydi.

Besh ish kunida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 09/23/516/0739-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)