29.09.2023 yildagi 514-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish jarayonini boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha harakatlar rejasining 58-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarni belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ikki hafta muddatda tegishli qaror va/yoki buyruqlar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud shtat birliklari doirasida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinma belgilanishi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, uning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklangan rahbar oʻrinbosarlari tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xoʻjalik birlashmasi faoliyatiga oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli soha va ishlab chiqarish tarmoqlarining tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish tamoyillariga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohasining tabiiy ofatlar va iqlim oʻzgarishiga nisbatan barqarorligini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining “yashil” va kam uglerodli rivojlanishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” innovatsiyalarni joriy etish va ushbu sohaga investitsiyalarni jalb qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq tashkilotlarining barqaror ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini yaxshilash maqsadida “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan rejalarini amalga oshirish va rivojlantirish istiqbollari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya va resurs samaradorligini oshirish hamda kam chiqindili mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish sektori oʻrtasida integratsiyani taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddatli istiqbolda barqaror ish oʻrinlarini yaratish uchun “yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, ularning “yashil” oʻsish boʻyicha salohiyatini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, “yashil” iqtisodiyot faoliyati sohasida uch yilga moʻljallangan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-fevralga qadar “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarning yillik hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan Milliy iqlim va rivojlanish hisoboti (Country Climate and Development Report — CCDR) yakunlangandan soʻng hisobotda keltirilgan tahlillardan kelib chiqib, tegishli vazirliklar va idoralarga koʻrsatma va tavsiyalar yuborilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
514-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2023-y., 09/23/514/0735-son)