07.09.2023 yildagi 4-1701-2303/4284-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — J. Mamitov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — D. Ubaydullayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi T. Ataboyevning raisligida, sudyalar U. Xolikov va D. Ubaydullayevdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi X. Azizovning kotibligida, daʼvogar X.I (pasport asosida), vakili Sh.X (order va ishonchnoma asosida), “S” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili X.K (ishonchnoma asosida), daʼvogar — X.Ining javobgar — “S” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan jamiyat taʼsischilarining 2010-yil 2-martdagi umumiy yigʻilish qarori (bayoni), 2010-yil 4-martdagi taʼsis shartnomasi va 2010-yil 10-martdagi 6807-son bilan roʻyxatga olingan jamiyatning Nizomi (Ustavi)ni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 29-maydagi ajrimining qonuniyligini daʼvogar tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ish hujjatlari bilan birga Andijon viloyat sudi binosida, ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X.I (bundan buyon matnlarda — “daʼvogar” deb yuritiladi) Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza bilan murojaat etib, “S” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (bundan buyon matnlarda — “javobgar” yoki “MChJ” deb yuritiladi) nisbatan jamiyat taʼsischilarining 2010-yil 2-mart kungi umumiy yigʻilish qarori (bayoni) va 2010-yil 4-martdagi taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar sudga qoʻshimcha ariza taqdim qilib, MChJning 2010-yil 10-martdagi 6807-son bilan roʻyxatga olingan Nizomi (Ustavi)ni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 29-maydagi ajrimi bilan MChJ taʼsischilarining 2010-yil 2-mart kungi umumiy yigʻilish qarori (bayoni), 2010-yil 4-martdagi taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo talablari koʻrmasdan qoldirilgan. Daʼvo talabining MChJning 2010-yil 10-martdagi 6807-son bilan roʻyxatga olingan Nizomi (Ustavi)ni haqiqiy emas deb topish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur ajrimdan norozi boʻlib daʼvogar tomonidan kiritilgan apellatsiya shikoyatida, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi va notoʻgʻri qoʻllanilganligi, jumladan, MChJning 2005-yil 13-martda 6807-son bilan roʻyxatga olingan taʼsis hujjatiga asosan marhum turmush oʻrtogʻining jamiyatdagi ulushi 2,59 foizni tashkil etganligi, turmush oʻrtogʻi 2006-yil 3-iyunda vafot etganligi, taʼsischi A.S tomonidan MChJning 2010-yil 2-martdagi umumiy yigʻilish qaroriga asosan soxta maʼlumotlar kiritib, marhum turmush oʻrtogʻining ulushlarini oʻzlashtirib olganligi, qonunchilikka binoan taʼsischining vafotidan soʻng uning ulushlari meros boʻlib yaqin qarindoshlariga oʻtishi belgilanganligi, oʻzining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilganligi, daʼvo arizasini kirish qismida daʼvogar sifatida X.I va uning manzillari toʻliq koʻrsatilganligi, daʼvo arizasi bitta taʼsischining nomidan taqdim etilganligi hamda oʻzi tomonidan imzolanganligi, daʼvo arizasi asossiz ravishda koʻrmasdan qoldirilganligi kabi vajlar bayon etilib, sudning ajrimini bekor qilishni hamda ishni birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar va uning vakili shikoyatda keltirgan vajlarini takrorlab, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishni hamda ishni birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili koʻrsatma berib, apellatsiya shikoyatiga nisbatan eʼtirozi mavjudligini, shikoyatda keltirilgan vajlar asossizligini, birinchi instansiya sudi tomonidan moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini, sudga taqdim etilgan apellatsiya shikoyati ham daʼvo ariza singari taqdim etilganligini, shikoyatda ism va familiya koʻrsatilmaganligini, qonunchilikka binoan, shikoyat bunday holda taqdim etilganda koʻrmasdan qoldirilishi lozimligini, bundan tashqari, apellatsiya shikoyati belgilangan muddat oʻtgandan soʻng taqdim etilganligini, birinchi instansiyada daʼvogar vakillari bevosita ishtirok etganligini, ularda apellatsiya shikoyati taqdim etish uchun yetarlicha muddat boʻlganligini, shu bois apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritish tugatilishi lozimligini bildirib, apellatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldirishni yoxud apellatsiya shikoyati boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida ajrim qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni muhokama qilib, ish hujjatlarini oʻrganib chiqib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni hamda ajrimni toʻliq bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, daʼvogar iqtisodiy sudga daʼvo ariza bilan murojaat etib, MChJ taʼsischilarining 2010-yil 2-mart kungi umumiy yigʻilish qarori (bayoni) va 2010-yil 4-martdagi taʼsis shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar sudga qoʻshimcha ariza taqdim qilib, MChJning 2010-yil 10-martdagi 6807-son bilan roʻyxatga olingan Nizomi (Ustavi)ni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi dastlabki daʼvo arizada daʼvogar — X.I ekanligi koʻrsatilgan boʻlsa-da, imzo qismida faqat imzo qoʻyilgan holda imzo kim tomonidan qoʻyilganligi koʻrsatilmaganligi asosi bilan daʼvo talabining ushbu qismini koʻrmasdan qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnlarda — “IPK” deb yuritiladi) 107-moddasi birinchi qismi, 3-bandiga koʻra, daʼvo arizasi imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa sud daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 157-moddasiga binoan, daʼvogar ishni birinchi instansiya sudida koʻrish chogʻida ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar ishni har qanday instansiya sudida koʻrishda tegishli sud instansiyasida ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvoning asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishini qabul qilmaydi. Sud daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi. Bunday hollarda sud ishni mazmunan koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning asosini yoki predmetini oʻzgartirishni, daʼvo talablari miqdorini koʻpaytirishni yoki kamaytirishni, daʼvogarning daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar qoʻshimcha arizasida MChJning 2010-yil 10-martdagi 6807-son bilan roʻyxatga olingan Nizomi (Ustavi)ni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogar taqdim etgan qoʻshimcha daʼvo arizasini protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda uni qabul qilish yoxud qabul qilmaslik masalasini hal etmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, dastlabki daʼvo ariza yagona manfaatdor shaxs (marhum taʼsischining turmush oʻrtogʻi, fuqaro) tomonidan taqdim etilgan boʻlib, daʼvo arizasini kirish qismida daʼvogar sifatida X.I va uning manzillari toʻliq koʻrsatilgan holda sudga taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, dastlabki daʼvo arizani daʼvo arizasi imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan deb baholab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi esa imzo qismida faqat imzo qoʻyilgan holda imzo kim tomonidan qoʻyilganligi koʻrsatilmaganligi asosi bilan daʼvo talabining ushbu qismini koʻrmasdan qoldirish, qoʻshimcha daʼvo arizani protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda uni qabul qilish yoxud qabul qilmaslik masalasini hal etmay turib, qoʻshimcha daʼvo arizadagi talabni muhokama etgan holda talabning ushbu qismi boʻyicha ish yuritish haqida asossiz toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 281-moddasi uchinchi qismi 2 va 3-bandlariga binoan, apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: qarorni, ajrimni oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga; daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib sudlov hayʼati, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishni va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi, birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda ishda taraflarning ishtirokini toʻliq taʼminlab, ularning tushuntirishini olgan holda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning oʻz talablari va eʼtirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va vajlariga baho berib, daʼvogarning qoʻshimcha daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish yoxud qabul qilmaslik masalasini hal etgan holda, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab hamda kelgusida aybdor tarafdan birinchi va apellatsiya instansiyasi uchun sud xarajatlarini undirish masalasini hal etgan holda qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, IPKning 118, 278-281-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 29-maydagi ajrimi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yangidan birinchi instansiyasida koʻrish uchun Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarordan norozi taraf qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik etuvchi T. ATABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat aʼzolari U. XOLIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. UBAYDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1701-2303/4284-son