12.09.2023 yildagi 4-182-2302/900-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati appelatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya A. Qodirov
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya H. Tursunov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasida raislik qiluvchi M. Bozorov, hayʼat aʼzolari sudyalar N. Xoʻjaqulov va H. Tursunovdan iborat tarkibda, sudya katta yordamchisi B. Xolmonovning kotibligida daʼvogar Z.Q.Sh.ning Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qaroriga nisbatan bergan apellatsiya shikoyati boʻyicha ishni daʼvogar vakili M.R. (ishonchnoma asosida), javobgar “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi B.R. (shaxsiy maʼlumotnoma asosida), ikkinchi javobgar “KASN” xususiy korxonasi vakili Sh.N. (ishonchnoma asosida)lar ishtirokida sud binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar Z.Q.Sh. Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan “KN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari nomidan 2009-yil 24-mayda chiqarilgan 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni hamda “KN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari nomidan 2009-yil 24-mayda chiqarilgan 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini chiqargan shaxslarni xatti-harakati yuzasidan hujjatlarni bila turib soxtalashtirganlik alomati bilan tekshirib, hujjat soxtalashtirilgan taqdirda aybdorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik choralarini qoʻllash masalasini hal qilish uchun hujjatlarni prokuratura organlariga yuborish toʻgʻrisida xususiy ajrim chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 19-maydagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “ASN” xususiy korxonasi hamda Davlat xizmatlari markazi Kitob tuman boʻlimi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 26-maydagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jamiyat taʼsischilari E.N., N.D., M.B., T.Sh., K.X., M.N., K.E., A.X., A.G., X.Sh., L.S., J.M., R.A., A.A., N.D., T.P., R.E., R.R., S.A., F.K., E.H., P.H., K.U., E.A., K.Z., X.M., B.S., X.Z., X.A., M.R., Z.Sh., V.R., R.Q., R.G., U.E., S.I., R.A., M.M., N.G., M.S., T.A., D.Sh. va viloyat matlubot savdo tashkiloti jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 5-iyundagi ajrimi bilan “KASN” xususiy korxonasi ikkinchi javobgar va ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari L.S., M.S., A.X., K.E., M.N., R.G., K.Z., R.Q., K.U., E.X., N.D., X.G., N.G., M.M., R.A., U.E., B.R., Z.Sh., M.R., X.A., B.S., X.M., E.A., R.X., F.K., S.A., R.R., R.E., T.P., A.A., R.A., J.M., K.X., T.Sh., M.B., E.N., B.R., S.I., L.D., X.G.lar jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi javobgar “KASN” xususiy korxonasi tomonidan 2023-yil 5-iyunda sudga daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 20-iyundagi ajrimi bilan ushbu iqtisodiy ish ish yurituvga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza qanoatlantirilib, daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan berilgan apellatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni birinchi instansiya sudiga qayta koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar yuzasidan tushuntirish berib, birinchi instansiya sudi daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizani qanoatlantirib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelganligini, ish holatlarini toʻliq oʻrganib chiqmaganligini, sababi “KASN” xususiy korxonasi tomonidan daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza taqdim etilgan boʻlsada, ammo sud hujjatida “KASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati koʻrsatilganligini, shuningdek hal qiluv qarorida 2021-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sud majlisida daʼvogar Q.Z. ishtirok etganligi, 2009-yil 24 (25) maydagi yigʻilish qarori haqida oʻz fikrlarini bildirganligi koʻrsatilganligini, ushbu holat ham notoʻgʻri ekanligini bayon qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shaxs “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischi apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, qanoatlantirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi javobgar “KASN” xususiy korxonasi vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga qarshi eʼtirozlar bildirib, uning asossiz ekanligini, sud tomonidan daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza asosli ravishda qanoatlantirilganligini, daʼvogar umumiy yigʻilish qarori oʻtkazilganligidan maʼmuriy sudda bilganligini bayon qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni va sud hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi tayinlangan kun va vaqti haqida ajrim nusxasi jamiyat taʼsischilariga, “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilariga, Davlat xizmatlari markazi Kitob tuman boʻlimiga va viloyat matlubot savdo tashkilotiga yetkazilgan boʻlsada, sud muhokamasida ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (keyingi oʻrinda — IPK deb yuritiladi)ning 128, 274-moddalariga asosan ishni ularning ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, ish hujjatlarini va taqdim etilgan dalillarni moddiy va protsessual qonun hujjatlari asosida oʻrganib chiqib, muhokama qilib, quyidagilarga asosan apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlari va sud muhokamasi davomida aniqlangan holatlarga koʻra “KN” ishlab chiqarish masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 24-mayda umumiy yigʻilishi oʻtkazilib, jamiyatning barcha mol-mulklari, buxgalteriya aktiv-passiv aylanma mablagʻlari, debitor-kreditor qarzlari jamiyat raisining taklifi bilan huquqiy vorisi “ASN” xususiy korxonasi balansiga oʻtkazilgan hamda “KN” ishlab chiqarish masʼuliyati cheklangan jamiyatining faoliyati tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KN” masʼuliyati cheklangan jamiyatining taʼsis shartnomasida daʼvogar Q.Z.ning ulushi 539 682,5 soʻmni tashkil etishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan “KN” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 2020-yil 17-iyuldagi 1-sonli qoʻshma yigʻilish qaroriga asosan “KN” masʼuliyati cheklangan jamiyati “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qoʻshilganligi sababli “KN” masʼuliyati cheklangan jamiyatining huquqiy vorisi etib “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati qayd etilganligi va “ASN” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga ikkinchi javobgar sifatida jalb etilgan “KASN” xususiy korxonasi tomonidan 2023-yil 5-iyunda daʼvo talabiga nisbatan daʼvo muddatini qoʻllash haqida ariza taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza qanoatlantirilib, daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan oʻrganib chiqib, birinchi instansiya sudi ikkinchi javobgar “KASN” xususiy korxonasining daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirib, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelgan hamda moddiy va protsessual huquq normalarini buzgan deb baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sababi, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida “ikkinchi javobgar “KASN” MChJning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasi qanoatlantirilsin” deb qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Holbuki, nizo yuzasidan daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi ariza “KASN” xususiy korxonasi tomonidan berilgan boʻlib, sudning 2023-yil 5-iyundagi ajrimi bilan ishga ikkinchi javobgar sifatida ushbu xususiy korxona jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi ish holatlaridan kelib chiqib, “KASN” masʼuliyati cheklangan jamiyatini ishga jalb etish yoki etmaslik choralarini koʻrmagan hamda ushbu tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs mavjud yoki mavjud emasligini aniqlamagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, daʼvo talabida jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 24-maydagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish soʻralgan boʻlsada, sud hal qiluv qarorida “daʼvogar Q.Z. daʼvo arizasida va sud majlisi muhokamasida jamiyat taʼsischilarining 2009-yil 24-maydagi 1-sonli umumiy yigʻilish qarori haqida 2023-yil mart oyida bilganligini maʼlum qilgan boʻlsa-da, sud daʼvogarning ushbu vaji bilan kelishmasligi, chunki 2021-yil 9-aprel kuni 4-1801-2104/236-sonli ish boʻyicha Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining sud majlisi muhokamasi ishtirok etgan Q.Z. 2009-yilni 25 (24) maydagi yigʻilish qarori haqida oʻz fikrlarini bildirganligi sud qarorida aks etganligi” bilan bogʻliq noaniq holatlar bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 48-moddasiga asosan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, daʼvogar yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning tashabbusiga koʻra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini asosli deb hisoblab, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 66-moddasiga koʻra ish boʻyicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi maʼlumotlar boʻlib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kodeksning 74-moddasiga muvofiq sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai-nazaridan, dalillarning yigʻindisi esa yetarliligi nuqtai-nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga toʻgʻri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 278-moddasi birinchi qismi 5-bandida apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismiga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi hamda moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda moddiy va protsessual qonun hujjatlarini toʻgʻri qoʻllagan holda ish uchun muhim holatlarni aniqlashi, ishdagi hujjatlarni toʻliq tekshirib, nizo yuzasidan taraflarning har bir vajiga asoslantirilgan huquqiy baho berishi, ish holatlaridan kelib chiqib, ishga “KASN” masʼuliyati cheklangan jamiyatini jalb etish yoki etmaslik choralarini koʻrishi hamda ushbu tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs mavjud yoxud mavjud emasligini aniqlashi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga koʻra, sudlov hayʼati apellatsiya shikoyatini qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun Gʻuzor tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborishni lozim topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 66, 68, 74, 118, 260, 276 — 280-moddalariga asoslanib, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar Z.Q.Sh.ning apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur iqtisodiy ish yangidan koʻrish uchun Gʻuzor tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi uchun oldindan toʻlangan sud xarajatlari masalasi hal etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarordan norozi tomon Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest keltirishi) berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi M. BOZOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari N. XOʻJAQULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
H. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-182-2302/900-son