1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishning zamonaviy shakllari joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahalla institutini jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ularning ochiq va oshkora faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, aholini jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish, davlat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning jadal surʼatlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini yanada oshirish, davlat organlari ustidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish yoʻnalishida ularning faoliyatini kuchaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla nazorati” va “mahalla raisi soʻrovi” institutlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir fuqarolar yigʻini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla nazorati guruhini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi eʼtirozlariga eng koʻp sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻini kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul xodimlarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Fuqarolar yigʻini huzuridagi mahalla nazorati guruhi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishiga hamda ularning faoliyati samarali tashkil etilishiga har tomonlama koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
489-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi 489-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 18-iyundagi 380-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-ilova bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini majlisi
(fuqarolar vakillarining yigʻilishi)
Taftish komissiyasi
Fuqarolar yigʻinining Kengashi
Fuqarolar yigʻinining raisi
Mahalladagi xotin-qizlar faoli
Huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosar — profilaktika inspektori
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi
Keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi
Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya
“Keksalar maslahati” guruhi
Yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi
“Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi
Mahalla nazorati guruhi
“Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhi
“Ayollar maslahat Kengashi”
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiya
”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Keksalar maslahati” guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla nazorati” guruhi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-bob. Mahalla nazorati guruhining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mahalla nazorati guruhining asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
581. Mahalla nazorati guruhining maqsadi aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini kengaytirish orqali davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
582. Quyidagilar Mahalla nazorati guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining taʼminlanishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga, ularning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklangan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor boʻlgan vazifalar va funksiyalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
583. Mahalla nazorati guruhi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining bajarilish holatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining mahallaga biriktirilgan xodimlari tomonidan bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur davlat organlari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida muhokama qilishga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan dasturlar asosida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlari va tashkilotlarining boshqa qarorlari loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlangan holatlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlari va tashkilotlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga koʻrib chiqish uchun yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati natijalari asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
584. Mahalla nazorati guruhi oʻz vazifalarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar yigʻini kengashi, fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiyasi hamda boshqa komissiyalari, hamda fuqarolar yigʻini faoliyatiga koʻmaklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
585. Mahalla nazorati guruhi oʻzining asosiy vazifa va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga murojaatlar va soʻrovlar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlaridan ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan axborotlar, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlari va tashkilotlarining boshqa qarorlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik muhokamasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan jamoatchilik eshituvini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyati boʻyicha jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni toʻplash, umumlashtirish va tahlil etish orqali jamoatchilik monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik ekspertizasidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi eʼtirozlariga eng koʻp sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalarni, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi aniqlanganda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni bajarish uchun nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolar yigʻinining boshqa jamoatchilik komissiyalari va tuzilmalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
586. Mahalla nazorati guruhi oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va mazkur Nizom talablariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq qonunchilikda belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayonida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, oshkor etmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Mahalla nazorati guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
587. Mahalla nazorati guruhi uning rahbari, rahbar oʻrinbosari, kotibi va aʼzolaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
588. Mahalla nazorati guruhi aʼzoligiga mahallada obroʻ-eʼtiborli, ijtimoiy faol, boshqalarga ibrat boʻladigan, katta hayotiy tajribaga ega fuqarolar (davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari bundan mustasno), shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi tarkibini shakllantirishda gender tenglik tamoyiliga rioya qilinadi, shuningdek, uning tarkibiga nogironligi boʻlgan shaxslar ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi aʼzolarining soni cheklanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589. Mahalla nazorati guruhi aʼzolari fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan har 5 yilda saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhiga fuqarolar yigʻini raisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi tarkibiga kiritiladigan nomzodga fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi yoqlab ovoz bergan taqdirda, u saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi aʼzosi muddatidan avval guruh tarkibidan chiqarilganda, guruhning yangi aʼzosi bir oy muddat ichida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5810. Mahalla nazorati guruhi oʻzining birinchi tashkiliy yigʻilishida aʼzolar ichidan guruh rahbarining oʻrinbosarini va guruh kotibini saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5811. Mahalla nazorati guruhi aʼzolari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, ularning bogʻlanish maʼlumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari) va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar ular saylangan paytdan boshlab 5 kun ichida tuman (shahar) hokimliklar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy veb-saytlarida (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) alohida boʻlimda eʼlon qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5812. Quyidagi holatlarda Mahalla nazorati guruhi rahbarining oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari guruh tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning Mahalla nazorati guruhi tarkibidan chiqish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz Mahalla nazorati guruhi yigʻilishlarida ishtirok etmaganda, shuningdek, mazkur Nizomning 585-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5813. Mahalla nazorati guruhi rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi faoliyatiga rahbarlik qiladi va tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi yigʻilishlarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi yigʻilishlarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhining hujjatlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi aʼzolarining zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-saytda Mahalla nazorati guruhi faoliyati bilan bogʻliq ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning joylashtirilishi hamda yangilanib borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhining samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5814. Mahalla nazorati guruhi rahbari uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan hollarda, uning vazifasini rahbar oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5815. Mahalla nazorati guruhining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi yigʻilishlariga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, davlat organlari va tashkilotlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq Mahalla nazorati guruhi yigʻilishlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini guruh rahbari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni guruh yigʻilishi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra tayyorlangan taklif hamda tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlariga joʻnatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5816. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Mahalla nazorati guruhining yillik, choraklik ish rejalari guruhning yigʻilishida muhokama etiladi va fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla nazorati guruhi ish rejasining ijrosi yuzasidan guruh aʼzolarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari har oyda guruh yigʻilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5817. Mahalla nazorati guruhining yigʻilishi, agar unda guruh aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻilishni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Mahalla nazorati guruhining yangi yigʻilishi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5818. Mahalla nazorati guruhi yigʻilishining qarori yigʻilishda ishtirok etadigan guruh aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Mahalla nazorati guruhi rahbarining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5819. Mahalla nazorati guruhining yakuniy hujjatida bayon etilgan axborot, tavsiya va takliflar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi hamda ular yuzasidan qonuniy qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5820. Mahalla nazorati guruhi oʻz faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yigʻini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot berib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Mahalla raisi soʻrovini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5821. Mahalla raisi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5822. Davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar boʻlgan hujjatlar fuqarolar yigʻini raisi soʻrovi orqali talab qilib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5823. Mahalla raisi soʻrovi fuqarolar yigʻini faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidangina yuborilishi lozim. Fuqarolar yigʻini faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy manfaatlarni koʻzlab mahalla raisi soʻrovini yuborish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5824. Mahalla nazorati guruhi yigʻilishida mahalla raisi soʻrovi mazmuni boʻyicha muhokama oʻtkaziladi, zarur boʻlgan hollarda esa, fuqarolar yigʻini kengashining muhokamasiga kiritish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijalari boʻyicha mazkur soʻrovni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5825. Mahalla nazorati guruhi yoki fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahalla raisi soʻrovi davlat organlari va tashkilotlarining tegishli mansabdor shaxsiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5826. Mahalla raisi soʻrovi davlat organlari va tashkilotlarining bitta mansabdor shaxsi nomiga ham, bir necha mansabdor shaxsi nomiga ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5827. Mahalla raisi soʻrovi qisqa, loʻnda va tushunarli tarzda fuqarolar yigʻinining rasmiy blankasida rasmiylashtiriladi va mahalla raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5828. Mahalla raisi soʻrovida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla raisi soʻrovi yuborilishi sabablarining qisqacha asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla raisi soʻrovi kimga yuborilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot (hujjatlar) taqdim etish toʻgʻrisidagi yoki tegishli maʼlumotlarni tekshirish haqidagi talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla raisi soʻroviga oʻn besh kun muddat ichida javob taqdim etish koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5829. Mahalla raisi soʻrovi qaysi mansabdor shaxs nomiga yuborilgan boʻlsa, javob xati oʻsha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan imzolanadi va soʻrov olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay, soʻralgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda fuqarolar yigʻini raisiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5830. Mahalla raisi soʻroviga javob xati Mahalla nazorati guruhi yigʻilishida, zarur boʻlgan hollarda esa, fuqarolar yigʻini kengashi majlisida mahalla raisi tomonidan oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5831. Mahalla nazorati guruhining yigʻilishi yoki fuqarolar yigʻini kengashi majlisida mahalla raisi soʻroviga javob xati muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilinadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2023-y., 09/23/489/0721-son)