1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1026-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Maʼmuriy sudlarda erga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 46-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1037-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 15.08.2023 yildagi 3444-IV-son
Кучга кириш санаси
15.08.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
QL-1026 va QL-1037-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-avgust,
3444-IV-son