Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Djamshid Anvarovich Kuchkarovning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-avgust,
3416-IV-son