Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
buyrugʻi
“Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2949-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son “Sportchilarga sport pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-avgust,
6-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2023-yil 28-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 28-avgustdagi 6-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 24-oktabrdagi 12-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2949, 2017-yil 22-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2949/0286-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 21-fevraldagi 1-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2949-1, 2020-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 10/20/2949-1/0294-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 27-avgustdagi 14-mh-son “Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2949-2, 2022-yil 6-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2022-y., 10/22/2949-2/0798-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2023-y., 10/23/2949-3/0703-son)