07.09.2023 yildagi 452-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyat yuritish istagini bildirgan investorlarga qulayliklar yaratish, ularning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoniga muvofiq investorlarning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlarida “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish tizimini joriy qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, ular bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim va ijara shartnomalarini tuzish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), Davlat xizmatlari markazlari yoki maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun investitsiya buyurtmanomasini taqdim etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya buyurtmanomasini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim tuzish va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turini koʻpaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlari YIDXP va Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda davlat tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan ularning faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari hamda davlat tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) hamda davlat tashkilotlari tomonidan davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament qoidalari maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga koʻrsatiladigan quyidagi davlat xizmati turlariga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ularni tanlab olish (biznes-rejalar boʻyicha xulosalar berish, yer maydonlari hamda bino va inshootlarni auksionga chiqarish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim va ijara shartnomalarini tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida yangi investitsiya loyihasini moliyalashtirish va amalga oshirish istagini bildirgan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — Investor) davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi yoxud bevosita Direksiyaga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq investitsiya buyurtmanomasi Davlat xizmati markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, Investor tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi investitsiya buyurtmanomasini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor Direksiyaga mustaqil ravishda murojaat qilgan hollarda investitsiya buyurtmanomasi qogʻoz shaklida yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor investitsiya buyurtmanomasiga “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-bobiga asosan hujjatlar toʻplamini (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar toʻplami) ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya buyurtmanomasiga ilova qilingan hujjatlar va ulardagi maʼlumotlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan tekshirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investor Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilganda, barcha hujjatlar real vaqt rejimida Direksiyaga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, Investitsiya buyurtmanomasi avtomatik tarzda Direksiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Investor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchli boʻlmagan yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlanishi Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investor davlat xizmatidan foydalanishdan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Direksiya tomonidan qaror qabul qilingunga qadar bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Direksiyaga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi shu kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha investorlar tomonidan taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar Direksiya tomonidan oʻn ish kunida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, hujjatlar toʻplami qaytarish sabablari koʻrsatilgan holda YIDXP orqali yoki Investor bevosita murojaat etgan taqdirda, pochta aloqa vositasi orqali qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganidan keyin investitsiya buyurtmanomasi Direksiyaga investor tomonidan takroran oʻttiz kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish muddati besh ish kunini tashkil etadi. Bunda ilgari koʻrib chiqilgan hujjatlarga nisbatan yangi mulohazalar taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Direksiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnoma Direksiya direktori tomonidan QR kod bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bayonnomadan koʻchirma investitsiya buyurtmanomasini bergan investorga bayonnoma tasdiqlangan kunning oʻzida Direksiya tomonidan YIDXP orqali yoki Investor bevosita murojaat etgan taqdirda, pochta aloqa vositasi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Direksiyaning maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilar uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasi yoki bino va inshootni elektron onlayn-auksionga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion gʻolibi bilan investitsiya bitimi va ijara shartnomasini tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiya loyihasi maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga toʻgʻri kelmasligi munosabati bilan uni amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi Direksiya qarori ustidan investitsiya buyurtmanomasini bergan Investor belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Direksiya tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya buyurtmanomasini tasdiqlash va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni joylashtirish va yaratilgan infratuzilmadan samarali foydalanish maqsadida maxsus iqtisodiy zonalar ixtisoslashuvi va bosh rejasiga asosan Direksiya tomonidan (konsalting kompaniyalar, Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi, Loyiha guruhlarini jalb etgan holda) investitsiya buyurtmanomalari ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Direksiya tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya buyurtmanomasi besh ish kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi yoki asosli eʼtirozlar bilan ishlash uchun Direksiyaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tasdiqlangan investitsiya buyurtmanomalari Direksiya tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga uch ish kunida chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Direksiya elektron onlayn-auksion savdosi gʻolibini mazkur reglamentning 5-bobiga asosan roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni tuzish va maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Direksiya elektron-onlayn auksion gʻolibi boʻlgan Investor bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida bitim va ijara shartnomasi tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida gʻolib boʻlganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmaydigan muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Investor tomonidan loyiha amalga oshiriladigan hududda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — korxona) va Direksiya oʻrtasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi quyidagi hollarda yakunlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan muddat tugagandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonalar muddatidan oldin tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda yoki investitsiya bitimida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Korxona maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining qirq besh baravari miqdorida toʻlov toʻlaydi va toʻlovlar undirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi (davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining gʻaznachilikdagi maxsus hisobvaragʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
(27-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Direksiyaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-martdagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — davlat xizmati Yagona billing tizimi orqali koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining gʻaznachilikdagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — Direksiyaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Korxona va Direksiya oʻrtasidagi investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim imzolangandan soʻng ushbu Reglamentga 3-ilovada belgilangan shakl boʻyicha QR kod qoʻyilgan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat xizmatlari markazi va Direksiya oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Investor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Investor (yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtadi hamda bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) murojaat qiladi.

Real vaqt rejimida

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazlari

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini Direksiyaga elektron shaklda yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Direksiya

1. Taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha:

a) maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, hujjatlar toʻplamini qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda asoslantirilgan xulosa xatini taqdim etadi;

b) hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi.

Hujjatlar kelib tushgandan boshlab
10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Direksiya

Maʼqullangan investitsiya buyurtmanomasida talab etilgan hajmdagi yer maydoni yoki boʻsh bino va inshootni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.

Qaror qabul qilingandan boshlab 3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Investor

Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona hududida qayta (yoki oʻzi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan soʻng 5 ish kuni mobaynida

6-bosqich

Direksiya

Direksiya elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi bilan maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimini va ijara shartnomasini tuzadi yoki zarur boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida muzokaralar oʻtkazadi.

Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan boshlab 3 ish kuni mobaynida

7-bosqich

Investor

1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi.

2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritish uchun bir martalik toʻlovni amalga oshiradi.

Investitsiya bitimi imzolangandan boshlab 2 ish kuni mobaynida

8-bosqich

Direksiya

Investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va unga guvohnoma beradi.

Hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎“________________________” maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga

“_____________________” maxsus iqtisodiy zonasida investitsiya loyihasini joylashtirish uchun taqdim etiladigan investitsiya buyurtmanomasining
‎NAMUNAVII SHAKLI

1. Investor (investorlar) toʻgʻrisida maʼlumotlar

Murojaatchi (investor yoki investorlar) tashkilotning nomi, kelib chiqqan davlati

Investor (yoki investorlar) toʻgʻrisida maʼlumot, jumladan, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va joyi, taʼsischi(lar) va boshqalar

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, taʼsischilarning ustav fondidagi ulushining taqsimlanishi va qoʻyilmalarning shakli

Murojaatchi tashkilotning joylashuvi (manzili)

STIR
2. Investitsiya loyihasi toʻgʻrisida maʼlumotlar
Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining maqsadi va qisqacha tavsifi, jumladan, ishlab chiqarishning yillik quvvati

Ishlab chiqariladigan mahsulotning, koʻrsatiladigan xizmatning nomi, qoʻllanilishi va asosiy belgilari

Ishlab chiqariladigan mahsulotning TIF TN kodi (10 ta belgi)

Mahsulot va xizmatning oʻrtacha yillik ishlab chiqarish hajmi, eksportga va ichki bozorga yoʻnaltiriladigan hajmini (natura koʻrinishida va AQSH dollari ekv.) hisobga olgan holda

Yillik soliq tushumi (mln soʻmda)

Asosiy xom ashyo, material va butlovchi qismlar (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi (foizda)

Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlarga boʻlgan yillik talab (AQSH dollari ekv.), shu jumladan, mahalliy va import

Mahalliylashtirish darajasi (MD=(1-I/T)x100%)* hamda tayyor mahsulot tovar pozitsiyasining TIF TN kodi boʻyicha oʻzgarishi (1 yil, 2 yil, 3 yil)

Mahsulot va xizmat standartlari — GOST, OST, TU, OʻzDst, ISO 9001, ISO 14001 va boshqalar

Foydalanilishi moʻljallanayotgan savdo markasi

Ishlab chiqarishning boshlanish sanasi
Tashkil etilayotgan ish oʻrni, jumladan, mahalliy xodimlar

Yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qoʻyish chogidagi boshlangʻich narx haqidagi, shuningdek, har yilgi ijara toʻlovi miqdori haqidagi taklif (agar mavjud boʻlsa)

3. Zarur maydon va infratuzilma toʻgʻrisida maʼlumotlar
Talab etiladigan maydon (ga)
Ishlab chiqarish maydonlari (kv.m.)

Elektr energiyasiga boʻlgan talab (kVt/soat yiliga), oʻrnatiladigan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga boʻlgan talab (kub.m., yiliga), bosim (atm.)

Ichimlik va texnik suvga boʻlgan talab (kub.m., yiliga)

Ifloslantiruvchi moddalar chiqarishning mavjudligi, jumladan, gazlar (nomlari) kg, yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomlari) tn/oyda, suyuq chiqindilar (nomlari) tn/oyda va boshqalar

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari
Loyihaning qiymati (AQSH dollari ekv.)

Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar, mahalliy investorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari)

Mashina va asboblar qiymati (AQSH dollari ekv.), jumladan, mahalliy va import

QMI qiymati (AQSH dollari ekv.)

Aylanma kapital summasi (AQSH dollari ekv.)

Investitsiyalarni kiritish shakli va jadvali

Loyihaning qoplanish muddati (biznes-rejaga muvofiq)

* MD — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi; I — import qilinayotgan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning valyutadagi qiymati (bojxona toʻlovlari bilan birga); T — mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (mahalliy yetkazib beruvchilardan olingan import xomashyo mahalliy hisoblanmaydi)

Rahbar

_____________

__________________________

____________

(QR-kod)

(F.I.O.)

(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“_________________” MAXSUS IQTISODIY ZONASI DIREKSIYASI

GUVOHNOMA

Tartib raqami: _______________
Berildi: _______________________________________________________________ga

(tashkilot nomi)

“________________” MAXSUS IKTISODIY ZONASI
‎ISHTIROKCHISI SIFATIDA

Berilgan sana: ____________________
Asos: __________________________________________________________________

(“_______________” maxsus iqtisodiy zonasi direksiyasi qarorining sanasi va raqami)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi) _________________________
Direktor: ____________________

____________________

(F.I.O.)

(QR-kod)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Guvohnomada maxsus iqtisodiy zona va direksiya nomi maxsus iqtisodiy zona turiga qarab toʻldiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2023-y., 09/23/452/0686-son; 29.03.2024-y., 09/24/165/0251-son; 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son)