07.09.2023 yildagi O‘RQ-867-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 16-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 5-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek bioxilmaxillikni saqlash hamda undan foydalanish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yovvoyi hayvonlarning tabiiy zotga oid turlarining, ayniqsa, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarining barqaror yashash sharoitlarini taʼminlash hamda saqlab qolish uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga yirtqich va zaharli yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda yoki tutqunlikda saqlash, ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish, ularni jamoat joylarida sayr qildirishning turli hodisalarga olib kelishi hollari uchrayotganligi aholining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxatini, shuningdek mazkur roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda ulardan turli maqsadlarda foydalanish bilan bogʻliq hollarda aholining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga, shuningdek vakolatli davlat organining ushbu yoʻnalishdagi javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda) 43-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxati, shuningdek mazkur roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-867-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2023-y., 03/23/867/0685-son)