Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan xorijiy valyutada undiriladigan bojlar stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar tariflari V boʻlimida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Xoʻjalik sudlarida koʻriladigan mulk tusidagi nizolarga oid ishlar boʻyicha, daʼvo qiymati:
|
daʼvo qiymatining 3 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda: |
|
daʼvo qiymatining 2 foizi miqdorida; |
|
daʼvo qiymatining 1 foizi miqdorida”; |
b) 2-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 3-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-iyul,
161-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 210-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)