Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-3602-sonli hamda 2005-yil 4-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi PF-3603-sonli farmonlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-iyul,
PF-3626-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-758-sonli Farmonida:
ikkinchi xatboshidagi “va respublikada xususiy biznesni rivojlantirishga koʻmaklashish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3-banddagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 15-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PF-789-sonli Farmoni 4-bandining birinchi xatboshidagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 19-dekabrdagi “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida”gi PF-1897-sonli Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” deb oʻzgartirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-2342-sonli Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” Davlat-kooperativ qoʻmitasini “Oʻzagromashservis” uyushmasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi PF-2741-sonli Farmoni 2-bandining oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining” deb oʻzgartirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” deb oʻzgartirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-3306-sonli Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3358-sonli Farmoni ilovasida:
a) II boʻlimda:
1-banddagi “va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi”
6) IV boʻlimda:
1-band chiqarib tashlansin;
2-3-bandlar tegishli ravishda 1-2-bandlar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2006-y., 23-son, 201-modda; 2017-y., 27-son, 605-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)