04.08.2023 yildagi 4-1102-2202/1005-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya — A. XAITBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya — A. IBRAGIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya — R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati R. Sagatovning raisligida, hayʼat aʼzolari I. Tadjiyev va V. Sattorovadan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogarlar — M.N, U.K, “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakili S.M. (rahbar), “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati va U.K.ning ishonchli vakili — advokat M. Niyazmetov (2023-yil 24-iyuldagi 12-sonli order asosida)ning ishtirokida, “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan holda, daʼvogarlar “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari U.K. va M.N.ning javobgar B.Y. jamiyat taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) taʼsischilari U.K. va M.N. (bundan buyon matnda daʼvogarlar deb yuritiladi) iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi B.Y. (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ni jamiyat taʼsischilari safidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2022-yil 30-maydagi ajrimi bilan MChJ ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudning 2022-yil 29-iyuldagi hal qiluv qarori bilan javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirish rad etilib, daʼvogarning daʼvo arizasi qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 25-noyabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud qarorlari ustidan javobgar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining oʻn birinchi qismida agar jamiyatning ustavida notarial tartibda amalga oshirish tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa, ulushni oʻtkazish oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi belgilanganligi, mazkur shaklga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqarishligi, javobgar va M.N. oʻrtasida ulushni oʻtkazish oddiy yozma shaklda tuzilmaganligi, taqdim etilgan ariza ulushni oʻtkazish shartnomasi hisoblanmasligi, mazkur arizani tayyorlashda taʼsischi U.K.ning roziligi olinmaganligi, daʼvo arizasida javobgar tomonidan ulush kiritilmaganligi qayd etilganligi, sudlar tomonidan ulush moddiy qimmatliklar koʻrinishida kiritilganligi inobatga olinmaganligi, bu jamiyat taʼsischilari va rahbari tomonidan qabul qilish rad etilganligi, shu bilan birga, M.N. va U.K. tomonidan ham ulush kiritilmaganligi, M.N. birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida ishtirok etmaganligi va uni belgilangan tartibda xabardor qilinganligi haqida dalillar mavjud emasligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogarlar va uchinchi shaxs vakillari kassatsiya shikoyatidagi vajlarga eʼtiroz bildirib, uni qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisining vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor etilgan javobgar vakillari sud majlisiga kelmadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati ishni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, “MBY” masʼuliyati cheklangan jamiyati Toshkent viloyati Qibray tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 2013-yil 24-iyunda 219/3098-T-sonli reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MBY” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2022-yil 5-apreldagi umumiy yigʻilish qarori bilan jamiyatning nomi “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga oʻzgartirilgan. Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi 2022-yil 13-aprelda 4963276-sonli reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavining 7.1-bandiga koʻra jamiyatning ustav fondi oʻzgartirilmagan, yaʼni “MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi B.Y. 33,34 % ulush;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi U.K. 33,33 % ulush;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischi M.N. 33,33 % ulush miqdorida taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavining 5-bandida jamiyat ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyat ishlarini bajarishda ishtirok etish, jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ustav fondidagi oʻz ulushini yoki uning bir qismini ushbu jamiyatning bir yoki bir nechta ishtirokchilariga sotish yoki boshqacha tarzda oʻtkazish, jamiyat ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar istalgan vaqtda jamiyatdan chiqish, jamiyat tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitoblardan keyin qolgan mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish, kiritgan hissalarining umumiy qiymati jamiyat ustav fondining 10 foizidan kam boʻlmagan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzuvchi yoki oʻz faoliyati (faoliyatsizligi) bilan jamiyat faoliyatini amalga oshirishga imkon bermagan yoki buni jiddiy qiyinlashtirgan ishtirokchini jamiyatdan chiqarishni sud tartibida talab qilish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavning 6-bandida jamiyat ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda, usulda va muddatda hissa kiritish majburiyati belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ustavning 7.2-bandida jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan paytgacha har bir ishtirokchi taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan oʻz ulushi miqdorining kamida 30 foizini jamiyat ustav fondiga kiritishi shartligi, 7.3-bandida esa har bir ishtirokchi jamiyat roʻyxatga olinganidan keyin 12 oy ichida oʻz ulushini toʻliq holda kiritishi shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat taʼsischilarining 2016-yil 10-avgustdagi umumiy yigʻilishida javobgar BYu jamiyat taʼsischilari safidan chiqib ketishi, jamiyatning ustav fondiga kiritilgan oʻz ulushini begʻaraz boshqa taʼsischiga hadya qilishi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yigʻilish qarori bilan taʼsischi B.Y.ning ustav fondidagi 33,34 foiz ulushi taʼsischi M.N.ga 100 foiz hadya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, B.Y. oʻz arizasiga binoan jamiyat taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischi B.Y.ning jamiyat taʼsischilari safidan chiqib ketishi, jamiyatning ustav fondiga kiritilgan oʻz ulushini begʻaraz maqsadda jamiyatning boshqa taʼsischisi M.N.ga oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi Qibray tumani 5-sonli Davlat notarial idorasi tomonidan 2016-yil 7-sentabrda 1784-sonli reyestr raqami bilan notarial tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, taʼsischi B.Y. jamiyat ustaviga, xususan taʼsischilar tarkibiga kiritilgan oʻzgarishlarni va ulushlarning oʻzgarishlarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga imzo qoʻyishdan bosh tortib kelgan. Bu bilan B.Y. oʻzining harakati (harakatsizligi) bilan jamiyat faoliyatiga toʻsqinlik qilib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, jamiyat ustavining 7.3-bandiga koʻra javobgar 50 000 000 soʻm ulush kiritishi lozim boʻlsa-da, biroq jamiyat ustavining ushbu bandi talabini buzgan holda B.Y. 720 000 soʻm ulush kiritgan. Bu bilan javobgar taʼsischi sifatida oʻz majburiyatlarini bajarmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi ) 9-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga asosan, jami ulushlari jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilish mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 19-bandiga asosan, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 8-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ishtirokchini jamiyatdan chiqarish talabi bilan sudga faqat jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari murojaat qilishlari mumkin. Bunda sudlar jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bitta ishtirokchi ham, jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida oʻn foizini tashkil etadigan bir nechta ishtirokchi ham bunday talab bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Bir nechta ishtirokchi sudga murojaat qilganda daʼvo arizasi ushbu ishtirokchilarning barchasi yoki ularning vakili (vakillari) tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Bunda daʼvogar (daʼvogarlar) ulushining miqdori belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlari asosida aniqlanadi. Agar daʼvogar ishtirokchining ulushi yoki bir nechta ishtirokchilarning jami ulushlari jamiyat ustav fondi (ustav kapitali)ning oʻn foizidan kam boʻlsa yoxud daʼvo arizasi jamiyatning oʻzi tomonidan berilgan boʻlsa, daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda javobgar oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi holatlari mavjudligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, B.Y. jamiyat taʼsischilari tarkibidan chiqib ketishi oʻzining xohish irodasi asosida amalga oshirilgan va ustav fondiga kiritgan oʻz ulushini begʻaraz M.N.ga oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasi notarial tartibda rasmiylashtirilgan boʻlsa-da, jamiyatning ustaviga va taʼsis hujjatlariga imzo qoʻyishdan bosh tortgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 15-moddasiga koʻra, pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. Jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 20-moddasining oʻn birinchi qismida agar jamiyatning ustavida notarial tartibda amalga oshirish tartibi koʻzda tutilmagan boʻlsa, ulushni oʻtkazish oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi belgilanganligi, mazkur shaklga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqarishligi, javobgar va M.N. oʻrtasida ulushni oʻtkazish oddiy yozma shaklda tuzilmaganligi haqidagi vaji bilan ham kelishib boʻlmaydi. Chunki, Qonunning 20-moddasida jamiyat ishtirokchisi, agar jamiyatning ustavida taqiqlangan boʻlmasa, oʻz ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishi mumkinligi belgilangan. Bunda ulushni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun shartnoma tuzishi shartligi koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning taʼsischi M.N. foydasiga ulushni hadya qilish haqidagi arizasini tayyorlashda taʼsischi U.K.ning roziligi olinmaganligi haqidagi vaji asossizdir. Chunki Qonunning 20-moddasida jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli ekanligi, bunday bitimni tuzish uchun, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jamiyatning yoki jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligi talab qilinmasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning MChJ ustav fondiga tovar qimmatliklari koʻrinishida ulush kiritilganligi haqidagi vaji bilan kelishib boʻlmaydi. Chunki, MChJ ustav fondiga kiritiladigan ulushlar MChJ ishtirokchilari umumiy yigʻilishida, jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozim. Bu esa, MChJ taʼsischilar umumiy yigʻilish qarori bilan tasdiqlanmagan. Qolaversa, mazkur moddiy qimmatliklar MChJning buxgalteriyasiga kirim qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning M.N. va U.K. tomonidan ham ulush kiritilmaganligi haqidagi vaji biror-bir dalil bilan isbotlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning taʼsischisi M.N. birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida ishtirok etmaganligi va uni belgilangan tartibda xabardor qilinganligi boʻyicha dalillar mavjud emasligi haqidagi vaji ham asossizdir. Chunki, sud majlisida taʼsischi M.N. birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida bevosita ishtirok etganligi sud majlisida oʻzi tomonidan, shu bilan birgalikda taʼsischi U.K. va MChJ rahbari ham uning ishtirok etganligini tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, birinchi instansiya sudi daʼvogarning daʼvo arizasini qanoatlantirish haqida toʻgʻri toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi esa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 302-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati, javobgarning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi. IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari javobgardan undiriladi. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari javobgar zimmasida qoldiriladi. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni birinchi instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari javobgardan daʼvogar foydasiga undirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan. Aslida esa, daʼvogar tomonidan daʼvo arizasi bilan murojaat qilishda sud xarajatlari toʻlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli qarorining 17-bandi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi 36-sonli qarorining 35-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi jumla bilan toʻldirilgan. Bunda sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi sudning hal qiluv qarori yoki qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmasligi, bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, ishni birinchi instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlari daʼvogar tomonidan toʻlanmaganligi sababli, javobgardan respublika budjetiga 2 700 000 soʻm davlat boji, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining depozit raqamiga 24 000 soʻm pochta xarajatlari undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 343-moddasining ikkinchi qismida agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudning 2022-yil 29-iyuldagi hal qiluv qarorining sud xarajatlarining ijrosi boʻyicha undiruv bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 va 303, 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi B.Y.ning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudning 2022-yil 29-iyuldagi hal qiluv qarori va Toshkent viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2022-yil 25-noyabrdagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining sud xarajatlarini undirish qismi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MChI” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi B.Y.dan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetiga 2 700 000 soʻm davlat boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining depozit raqamiga 24 000 soʻm pochta xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqalari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudning 2022-yil 29-iyuldagi hal qiluv qarorining sud xarajatlarining ijrosi boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1102-2202/1005-son